Xalqaro baholash tizimlari (International Assessment Systems) — turli mamlakatlardagi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro mezonlar asosida baholovchi tadqiqotlar majmuasidir. Bu tizimlar ta’lim sifati, o‘quv dasturlari samaradorligi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlashga yordam beradi. Eng mashhurlari qatoriga PISA, TIMSS va PIRLS kiradi. Xalqaro baholash natijalari ta’lim siyosatini shakllantirishda va global taqqoslovlar asosida islohotlar olib borishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘quvchilarning matnni tushunish va sharhlash qobiliyatlarini xalqaro kontekstdagi ma’lumotlar asosida o‘rganadi.
4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholaydi.
Bu tizim 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy fanlardagi savodxonligini baholaydi.
Mazkur darslikda xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha yoshlarni ilmiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi masalalari o’z aksini topgan. Eng muhimi talaba yoshlar ushbu darslik orqali xalqaro baholash dasturi bo‘yicha barcha topshiriqlar va mashq kitoblarini tahlil qilish orqali ilmiy-nazariy bilim, tushuncha, tasavvurlar va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Darslikda shu soha bo‘yicha mutaxassis va olimlarning pedagogik fikrlari tahlil qilingan bo‘lib, u 70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligida ta’lim olayotgan barcha talabalar uchun “Xalqaro baholash tizimi” fanidan o’quv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.