Mavzular

Bosh sahifa Mavzular Mavzu: 14
Converted

14-MAVZU: TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURIDA AQLIY FAOLIYAT TURLARI. TIMSS DOIRASIDA TESTLAR, DARS ISHLANMALAR TUZISH METODIKASI

REJA

1.Tabiiy fanlar qamrov doirasi

2.Matematika fanlar qamrov doirasi

3.TIMSS xalqaro tadqiqoti dasturi va qamrov doirasi

4. TIMSS doirasida testlar, dars ishlanmalar tuzish metodikasi

Bolalar o‘z qobiliyatlarining kuchli jihatlarini rivojlantirish va matematikani chuqur tushunish orqali foyda olishlari mumkin. Avvallambor, matematikani o‘rganish hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi, qat’iyatlilikka o‘rgatadi. Matematika fani kundalik hayotda, masalan, hisob-kitob ishlari, taom tayyorlash, pul muomalasida va qurilish sohalarida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, muhandislik, arxitektura, buxgalteriya, bank ishi, biznes, tibbiyot sohasi, ekologiya, kosmonavtika sohalari kuchli matematik bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Matematika iqtisodiyot va moliyada, kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minot yaratishda, axborot texnologiyalari va yangiliklardan xabardor bo‘lishda hayotimizda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu qo‘llanmada TIMSS 2019 baholash qamrov doirasining matematika sohasini baholashdagi ikkita bo‘limi taqdim etilgan:

• TIMSS Matematika – To‘rtinchi sinf

• TIMSS Matematika – Sakkizinchi sinf

TIMSS 2019 tadqiqoti matematika qamrov doirasi to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 1995-yildan buyon har to‘rt yilda o‘tkazilib kelinadi. Yettinchi marotaba o‘tkazilishi belgilangan ushbu tadqiqot o‘zining 24 yillik tarixiga ega.

Umuman olganda to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar qamrov doiralari TIMSS 2015 tadqiqotida foydalanilganiga o‘xshaydi. TIMSS 2015 ensiklopediyasidagi (Mullis, Martin, Goh va Cotter, 2016) ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning o‘quv dasturlari, ta’lim standartlari va baholash doiralarini aks ettirish uchun alohida mavzularga kichik yangilanishlar kiritildi. Endilikda TIMSS 2019 tadqiqotidan eTIMSS ga o‘tishga e’tibor qaratilganligi sababli matematika qamrov doirasi yangilangan bo‘lib, qog‘oz shaklidagi topshiriqlardan raqamli (kompyuter) shakldagi topshiriqlarini baholashga o‘tiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad kompyuter yordamida baholashning afzalliklaridan foydalanish bo‘lib, bu o‘z navbatida, qo‘llash va mulohaza yuritish mazmun sohalarida baholashning yangi va takomillashtirilgan metodlarni yaratilishiga olib keladi.

TIMSS 2019 tadqiqoti doirasida matematikani baholash tizimi ikki yo‘nalishda tashkil etilgan:

• Fanga oid sohalarni baholashga mo‘ljallangan mazmun sohasi;

• Fikrlash jarayonlarini baholashga mo‘ljallangan kognitiv soha.

1-jadvalda TIMSS 2019 tadqiqoti doirasida to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarni baholash uchun har bir mazmun va kognitiv sohalarga bag‘ishlangan sinov ballarining maqsadli foizlari ko‘rsatilgan.

To‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda mazmun va kognitiv sohalarga bag‘ishlangan

TIMSS 2019 matematik baholashning maqsadli foizlari

4-sinf

Mazmun sohalari Foiz

Sonlar va amallar 50%

Geometriya va o‘lchashlar 30%

Ma’lumotlar bilan ishlash 20%

8-sinf

Mazmun sohalari Foiz

Sonlar va amallar 30%

Algebra va funksiyalar 30%

Geometriya va o‘lchashlar 20%

Ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik 20%

Kognitiv sohalar Foiz

4- sinf 8-sinf

Bilish 40% 35%

Qo‘llash 40% 40%

Mulohaza yuritish 20% 25%

Bu mazmun sohalari to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda o‘qitiladigan ma’lumotlar bo‘yicha bir biridan farqlanadi. To‘rtinchi sinfda sakkizinchi sinfga qaraganda sonlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Sakkizinchi sinfda to‘rtta tarkibiy qismdan ikkitasi: algebra va geometriyani tashkil qiladi. Odatda, ular boshlang‘ich sinfda alohida fan sifatida o‘qitilmagani uchun, to‘rtinchi sinfda harfli ifodalarning boshlang‘ich elementlari sifatida kiritilgan. To‘rtinchi sinf mazmun sohasida ma’lumot to‘plash, o‘qish va bajarishga ko‘proq e’tibor qaratilsa, sakkizinchi sinfda ma’lumotlarni talqin qilish, statistika va ehtimollik asoslariga ko‘proq e’tibor beriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, TIMSS tadqiqoti matematik muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bir qator vaziyatlarni baholaydi, testlarning uchdan ikki qismi o‘quvchilardan qo‘llash va mulohaza qilish ko‘nikmalaridan foydalanishni talab qiladi. Kognitiv sohalar ikkala sinf uchun ham bir xil.

To‘rtinchi sinf bilan taqqoslaganda, sakkizinchi sinfda bilish sohasiga kamroq, mulohaza yuritish sohasiga esa ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Ushbu qisqacha kirishdan so‘ng, qo‘llanmada to‘rtinchi sinf mazmun sohalari keltiriladi, ular uchta bo‘lim va har bir bo‘limdagi tadqiqot mavzularni o‘z ichiga oladi. Shundan so‘ng, TIMSS tadqiqotida matematika – sakkizinchi sinf mazmun sohasi tavsifi, so‘ngra to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar uchun kognitiv sohalarini tavsiflashda davom etiladi.

Bolalar atrof-olam va unda o‘zlarining o‘rnini anglash borasida tabiatan qiziquvchan bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar ta’limida bolalarning bunday qiziquvchanligi qo‘l keladi va ularni o‘zlari yashayotgan dunyoni muntazam tadqiq etish yo‘liga boshlaydi. Umumiy o‘rta maktab quyi sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar haqidagi tushunchalari shakllanib borar ekan, ularning o‘zlari va o‘z dunyolari to‘g‘risida qarorlarni ongli ravishda qabul qila olish ko‘nikmalari rivojlanib boradi, natijada ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni uydirmadan ajrata oladigan, muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning ilmiy asosini tushunishga qodir fuqarolar bo‘lishadi. Iqtisodiy o‘sish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan innovatsiyalarga yetaklaydigan tabiiy fanlar, texnika va muhandislik sohalarida faoliyat yuritadigan malakali mutaxassislarga butun dunyoda talab ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirish maqsadida mazkur sohalar bo‘yicha o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichlariga tayyorlash juda muhimdir.

Ushbu qo‘llanmada tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha TIMSS 2019 tadqiqoti uchun ikkita baholash qamrov doirasi keltiriladi:

• TIMSS tabiiy fanlar: to‘rtinchi sinf

• TIMSS tabiiy fanlar: sakkizinchi sinf

To‘rtinchi va sakkizinchi sinflar uchun TIMSS 2019 tabiiy fanlar qamrov doirasi 1995-yilda boshlangan va to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan TIMSS baholashning 24 yillik tarixini davom ettiradi. TIMSS 2019 ushbu davriylikda yettinchi tadqiqotdir. Umuman olganda, TIMSS 2019 tabiiy fanlar qamrov doirasi TIMSS 2015 tadqiqotida qo‘llanilgan tabiiy fanlar qamrov doirasiga o‘, baholashning raqamli va qog‘oz formatlaridan foydalanish maqsadida tabiiy fanlar qamrov xshashdir. Biroq TIMSS 2015 Ensiklopediyasida qayd etilganidek, ishtirokchi mamlakatlarning o‘quv dasturlarini yaxshiroq aks ettirish maqsadida muayyan mavzularga biroz o‘zgartirishlar kiritildi . 2019 tadqiqotida eTIMSSga o‘tish belgilab berildi, shuningdekdoiralari yangilandi. TIMSS tadqiqoti TIMSS tadqiqotida qo‘llaniladigan baholash metodlarining ko‘lamini kengaytirishga imkon beradi hamda unda tabiiy fanlar doirasida tadqiqotlar va izlanishlarni baholashda yangi va kompyuterga asoslangan takomillashtirilgan yondashuvlardan foydalaniladi.

2.TIMSS 2019 TABIIY FANLAR QAMROV DOIRASI

Har bir sinfda TIMSS 2019 tabiiy fanlar baholash qamrov doirasi ikkita o‘lchovni qamrab oladi:

• mazmun sohasini o‘lchash, bunda baholanadigan fanning mazmuni aniq ko‘rsatiladi

• kognitiv sohani o‘lchash, bunda baholanadigan fikrlash jarayonlari aniq ko‘rsatiladi.

1-jadvalda to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar uchun TIMSS 2019 tadqiqotining mazmun va kognitiv sohalarining barchasiga ajratilgan test sinovi vaqtining maqsadli foizlari keltirilgan.

1-jadval: To‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda TIMSS 2019 tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha baholashning mazmun va kognitiv sohalariga oid maqsadli foizlari

To‘rtinchi sinf

Mazmun sohalari Foiz

Hayot haqidagi fan 45%

Fizika 35%

Yer haqidagi fan 20%

Sakkizinchi sinf

Mazmun sohalari Foiz

Biologiya fani 35%

Kimyo fani 20%

Fizika fani 25%

Yer haqidagi fan 20%

Kognitiv sohalar Foiz

To‘rtinchi sinf Sakkizinchi sinf

Bilish 40% 35%

Qo‘llash 40% 35%

Mulohaza yuritish 20% 30%

To‘rtinchi va sakkizinchi sinflar uchun tabiiy fanlarning mazmun sohalari bir-biridan farq qiladi, bu esa har bir sinfda o‘qitiladigan tabiiy fanlarning o‘ziga xosligi va murakkabligiga bog‘liqdir. To‘rtinchi sinfda sakkizinchi sinf biologiya fanining analogi bo‘lgan hayot haqidagi fanlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Sakkizinchi sinfda fizika va kimyo fanlari alohida mazmun sohalari sifatida baholanadi va unga to‘rtinchi sinfda bitta mazmun sohasi sifatida baholanadigan fizikaga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratiladi. Uchta kognitiv soha (bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish) har ikkala sinf uchun bir xil bo‘lib, bunda tabiiy fanlarga oid tushunchalarni o‘rganish, so‘ngra ushbu tushunchalarni qo‘llash hamda ulardan foydalanib, mulohaza yuritishbilan bog‘liq bir qator kognitiv jarayonlar qamrab olinadi.

Shuningdek, 2019-yilda TIMSS tabiiy fanlar yo‘nalishida ilmiy amaliyotlar baholanadi.

Tabiiy fanlarda ilmiy amaliyot, o‘z tabiatiga ko‘ra, tabiiy fanlarda tadqiq etilayotgan soha bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani sababli alohida baholanishi mumkin emas. To‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda tabiiy fanlar yo‘nalishidagi TIMSS 2019 tadqiqotidagi ba’zi test topshiriqlari yordamida ushbu asosiy ilmiy amaliyotlarning bittasi yoki bir nechtasi, mazmun sohasida belgilab qo‘yilgan mazmun va kognitiv sohada belgilab qo‘yilgan fikrlash jarayonlari bilan birgalikda baholanadi. Ushbu qo‘llanmaning navbatdagi ikkita bo‘limida to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar uchun TIMSS 2019 tabiiy fanlarning mazmun sohalari, undan keyin esa har ikkala sinfga oid kognitiv sohalarning tavsifi keltirilgan. Ushbu qo‘llanma ilmiy amaliyotlarning tavsifi bilan tugallanadi.

Tabiiy fanlar mazmun sohalari –To‘rtinchi sinf

To‘rtinchi sinfda tabiiy fanlar yo‘nalishidagi TIMSS tadqiqotining tabiiy fanlar mazmunini uchta asosiy mazmun sohalari belgilab beradi: hayot haqidagi fanlar, fizika fanlari va Yer haqidagi fanlar. 2-jadvalda TIMSS 2019 tadqiqotining tabiiy fanlar yo‘nalishida uchta mazmun sohasining har biri uchun test sinovining maqsadli foizlari ko‘rsatilgan.

2-jadval: To‘rtinchi sinflarda TIMSS 2023 tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha baholashning mazmun sohalariga oid maqsadli foizlar

To‘rtinchi sinf mazmun sohalari Foiz

Hayot haqidagi fan 45%

Fizika 35%

Yer haqidagi fan 20%

Ushbu mazmun sohalarining barchasi bir nechta asosiy mavzu sohalarini qamrab oladi, o‘z navbatida, har bir mavzu sohasi bir yoki bir nechta mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir mavzuda qo‘shimcha ravishda aniq maqsadlar tasvirlangan bo‘lib, ular har bir mavzu doirasida o‘quvchilarning egallashi kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ifodalaydi. To‘rtinchi sinfda baholash jarayonida har bir maqsad baholash vositalari soni nuqtai nazaridan deyarli bir xil ahamiyatga ega. Maqsadlarni belgilashda qo‘llaniladigan fe’llar to‘rtinchi sinf o‘quvchilaridan kutilayotgan o‘zlashtirish darajasini ifodalashga mo‘ljallangan, ammo muayyan kognitiv sohani o‘zlashtirish darajasini cheklashga qaratilmagan. Har bir maqsad uchta kognitiv soha (bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish)dan biriga asoslangan holda baholanishi mumkin.

Hayot haqidagi fan

To‘rtinchi sinfda hayot haqidagi fanlarni o‘rganish o‘quvchilarga o‘zlarining tug‘ma qiziquvchanligini ifodalash va ularni o‘rab turgan jonli tabiatni tushunishga imkon beradi.

TIMSS 2019 tadqiqotida hayot haqidagi fan beshta mavzu sohalari orqali ifodalanadi:

- organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularda kechadigan hayotiy jarayonlar

- hayotiy sikllar, ko‘payish va irsiyat

- organizmlar, atrof-muhit va ularning o‘zaro munosabatlari;

- ekosistemalar;

- odam salomatligi.

To‘rtinchi sinfga kelib, o‘quvchilarda organizmlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar, ularning funksiyalari va organizmlarning boshqa organizmlar hamda o‘zlari yashayotgan muhit bilan o‘zaro munosabatlari haqida bilimlar bazasi shakllangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, o‘quvchilar hayotiy sikllar, irsiyat va odam salomatligi bilan bog‘liq tabiiy fanlarga oid fundamental tushunchalarni bilishlari kerak, bu esa odam tanasi qanday ishlashini yuqori sinflarda yanada chuqurroq tushunishga olib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan. Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi. IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib o’tdi.

TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi. Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi. Bu savollarga javobni O’zbekistonda o’tkazilayotgan xalqaro baholash dasturlari natijasi asosida bilib olish mumkin. Albatta, har bir yosh avlodning aniq va tabiiy fanlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi ta’lim ko’rsatkichimizni o’zgaritirishiga sabab bo’ladi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

TIMSS tadqiqotlari TIMSS tadqiqotining 24 yillik tarixi davomida o‘tkazilgan har bir baholashda matematika va tabiiy fanlardan yangilangan baholash qamrov doiralariga muvofiq amalga oshiriladi. Qamrov doiralarida ikkita o‘lchov keltiriladi: baholanadigan mavzuni ko‘rsatadigan mazmun sohasi o‘lchovi va o‘quvchilar mazmun bilan ishlaganda baholanishi kerak bo‘lgan fikrlash jarayonlarini belgilaydigan kognitiv o‘lchov.TIMSS 2019 tadqiqotida to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda baholashlarni o‘tkazishning odatdagi tajribasiga amal qilinadi. Ushbu baholashlar uchun TIMSS 2019 baholash qamrov doiralari quyida qisqacha bayon qilingan:

Matematika mazmun sohalari

To‘rtinchi sinf: sonlar, o‘lchashlar va geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash

Sakkizinchi sinf: sonlar, algebra, geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik

Tabiiy fanlarning mazmun sohalari

To‘rtinchi sinf: hayot haqidagi fan, fizika, Yer haqidagi fan

Sakkizinchi sinf: biologiya fani, kimyo fani, fizika fani, Yer haqidagi fan Shubhasiz, aniq va tabiiy fanlar bo’yicha o’tkaziladigan tajribalar, izlanishlar, ixtirolar hammasi bu respublikamizning boshqa xorijiy davlatlar qatorida bo’lishiga undaydi. Matematika, fizika, bilogiya qolaversa, kimyo fanining ham o’rni beqiyosdir. 4-sinf topshiriqlari 8-sinf topshiriqlariga qaraganda osonroq bo’lishi mumkin, ammo o’quvchini ko’proq mulohaza yuritishga undaydi.

TIMSS o‘quvchilarga ta’lim olish imkoniyatlari qanday taqdim etilgani va o‘quvchilarning ushbu imkoniyatlardan foydalanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rib chiqishda o‘quv dasturlaridan asosiy tashkiliy tamoyil sifatida keng ko‘lamda foydalanadi. TIMSS o‘quv dasturi modeli uchta jihatga ega: rejalashtiriladigan o‘quv dasturi, amalga oshiriladigan o‘quv dasturi va natijaga erishiladigan o‘quv dasturi. O‘z navbatida, ularda mamlakatlarning o‘quv dasturlarida belgilab qo‘yilganidek, o‘quvchilar matematika va tabiiy fanlardan ta’lim olishlari kerakligi; shuningdek, ushbu ta’lim olish jarayonini osonlashtirish uchun ta’lim tizimini qanday tashkil etish zarurligi; aslida sinfxonalarda nima o‘qitilayotgani, uni o‘qitayotganlarning tavsifi hamda qanday o‘qitilayotgani; va nihoyat, o‘quvchilar nimani o‘rganganliklari va ular ushbu fanlarni o‘rganish haqida nima deb o'ylashlari ifoda etiladi Shuningdek, TIMSS tadqiqotida o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki vasiylari, o‘qituvchilari, maktab direktorlaridan ularning uydagi va maktabdagi faoliyati hamda matematika va tabiiy fanlarni o‘rganishdagi shart-sharoitlar haqidagi so‘rovnomalarni to‘ldirishlari so‘raladi. So‘rovnomalar puxta ishlab chiqilgan qamrov doirasiga muvofiq holda tuziladi, TIMSS milliy tadqiqot koordinatorlari va TIMSS so‘rovnoma savollarini ko‘rib chiqish qo‘mitasining xalqaro ekspertlari tomonidan takroriy ko‘rib chiqishlar orqali har bir baholashda yangilanadi. Ushbu so‘rovnomalardan olingan ma’lumotlar ta’limni yaxshilash yo‘llarini taklif eta oladigan va muhim masalalarni ko‘tara oladigan ta’lim siyosati va amaliyotlarining amalga oshirilishi haqida tasavvur hosil qiladi Maktabda ta’lim olishning to‘rtinchi yiliga kelib, ko‘plab bolalar asosiy arifmetikani tugatib, matematikaning kengroq sohalari va tushunchalarini o‘rganmoqdalar. Biroq turli sabablarga ko‘ra, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligida asosiy hisoblash ko‘nikmalarini hali ham rivojlantirayotgan mamlakatlar bor. Shunday qilib, IEA to‘rtinchi sinfda matematikadan nisbatan qiyin bo‘lmagan baholashni taklif etish yo‘llarini aytgan edi va buni amalda qo‘llab kelmoqda.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida matematika va tabiiy fanlarni chuqurlashtirilgan darajada o‘quvchilar o‘rganmoqdalar. Masalan, matematika fani bo‘yicha 4-sinfda 8-sinfga qaraganda sonlarga ko‘proq e’tibor beriladi. To‘rtinchi sinf mazmun sohasida ma’lumot to‘plash, o‘qish va bajarishga ko‘proq e’tibor qaratilsa, sakkizinchi sinfda ma’lumotlarni talqin qilish, statistika va ehtimollik asoslariga ko‘proq e’tibor beriladi. O‘quvchi ko‘proq mulohaza yurita olish orqali testlarni yecha oladi. Endilikda TIMSS 2019 tadqiqotidan eTIMSS ga o‘tishga e’tibor qaratilganligi sababli matematika qamrov doirasi yangilangan bo‘lib, qog‘oz shaklidagi topshiriqlardan raqamli (kompyuter) shakldagi topshiriqlarini baholashga o‘tiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad kompyuter yordamida baholashning afzalliklaridan foydalanish bo‘lib, bu o‘z navbatida, qo‘llash va mulohaza yuritish mazmun sohalarida baholashning yangi va takomillashtirilgan metodlarni yaratilishiga olib keladi. Endi test topshiriqlari qog‘ozda emas kompyuter asosida o‘tkaziladi.Bu, albatta, ijobiy natijalar ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, TIMSS xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarni teran, mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi. O‘quvchilar uchun matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishdagi qulayliklar chuqurlashtirilgan darajada o‘z imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Har bir baholash dasturlarining topshiriqlarini mukammal darajada qilish uchun o‘qituvchilarning o‘rni ham katta. Ular ko‘proq har bir dasturni yo‘nalishlari bilan tanishib chiqishi zarur. Misol uchun, TIMSS dasturidagi sohalarni o‘rganib tahlil qilib mukammal darajadagi, hammaga tushunarli bo‘ladigan testlarni tuzish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Shundagina test natijalari tekshirilganda o‘quvchilar o‘rtasida muammo kelib chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xorijiy davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston ham xalqaro baholash dasturlarida o‘z natijalarini ijobiy tarzda yuksaltirib boryaptilar. Biz ham xalqaro baholash dasturlarida ilg‘or natijalar ko‘rsatayotgan Finlandiya, Singapur, Gonkong, Yaponiya kabi davlatlar qatorida bo‘lishimiz kerak. Buning uchun yaratilgan imkoniyatlardan biz, yosh avlod yuqori cho‘qqilarga erishish maqsadida unumli foydalanishimiz darkor.

Test

TIMSS xalqaro baholash dasturi nimani o‘rgatadi.

Teran fikrlash, o‘ylash, tadqiq qilishga. B. Mustaqil, ongli, teran fikrlashga. C. Teran, mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi.

Tizim nechta bosqichda amalga oshiriladi?

2. B. 3. C. 4.

(ko‘p javobli test) TIMSS xalqaro baholash dasturining 3 ta bosqichini sanang.

A.Rajalashtirilgan o‘quv bosqichi

B.Ongli o‘quv bosqichi

C.Amalga oshiriladigan o‘quv dasturi

D.Amalga oshirilmaydigan o‘quv dasturi

D.Natijaga erishiladigan o‘quv dastiri

TIMSS qaysi sinflarni qamrab oladi.

5 – 8- sinflarni. B. 3 – 5-sinflarni. C. 4 – 8-sinflarni.

TIMSS nimani baholaydi?

Bolarning matematika va tabiiy fanlardan olgan bilimlarini.

Bolalarning o‘qish fanidan olgan bilimlarini.

Bolalarning arifmetik bilmilarini.

Topshiriqlar:

5-sinf o‘quvchilari uchun TIMSS topshiriqlarini tuzing.

6-sinf o‘quvchilari uchun TIMSS topshiriqlarini tuzing.

7-sinf o‘quvchilari uchun TIMSS topshiriqlarini tuzing.

8-sinf o‘quvchilari uchun TIMSS topshiriqlarini tuzing.

Har qanday mavzuni o‘rganish oson ish emas. Tabiiy fanlar bundan mustasno emas. U mavjud emas maqbul hamma uchun mos bo‘lgan o‘rganish usuli. Har bir inson o‘ziga xosdir, shuning uchun har bir kishi o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni belgilaydi. Agar usullardan biri ishlamasa, quyidagilarni sinab ko'ring. Taslim bo‘lmang. Eng maqbul yo‘lni topganingizda, uni mukammallikka etkazish uchun astoydil harakat qiling.

Tabiiy fanlar nima?

Bu savolga javob oddiy. Bular insonni, uning sog‘lig‘ini, shuningdek butun atrof-muhitni: tuproqni, atmosferani, umuman erni, kosmosni, tabiatni, barcha tirik va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning o‘zgarishini o‘rganadigan fanlardir.

Ilmiy tadqiqotlar qadimgi odamlar uchun qiziq edi. Kasallikdan qanday xalos bo‘lish kerak, tananing ichki qismi nimadan iborat, nima uchun yulduzlar porlaydi va ular nimaga o‘xshash, shuningdek, millionlab shunga o‘xshash savollar - bu paydo bo‘lishidan beri insoniyatni qiziqtirgan narsa. Ularga javoblar tegishli fanlar tomonidan berilgan.

Shuning uchun tabiiy fanlar nima degan savolga javob bir xil emas. Bu tabiatni va barcha tirik mavjudotlarni o‘rganadigan fanlardir.

Tasniflash

Tabiiy fanlar bilan bog‘liq bir necha asosiy guruhlar mavjud:

Kimyoviy (analitik, organik, noorganik, kvant, fizik kolloid kimyo, organoelement birikmalari kimyosi).

Biologik (anatomiya, fiziologiya, botanika, zoologiya, genetika).

Fizik (fizika, fizik kimyo, fizika-matematik fanlar).

Yer haqidagi fanlar (astronomiya, astrofizika, kosmologiya, astrokimyo, kosmik biologiya).

Yer qobig‘i haqidagi fanlar (gidrologiya, meteorologiya, mineralogiya, paleontologiya, fizik geografiya, geologiya).

Bu erda faqat asosiy tabiiy fanlar keltirilgan. Ammo shuni tushunish kerakki, ularning har biri o‘z bo‘limlari, tarmoqlari, ikkilamchi va yordamchi fanlariga ega. Va agar siz ularning barchasini bir butunga birlashtirsangiz, yuzlab birliklarda hisoblangan butun tabiiy fanlar majmuasini olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, uni uchta katta fan guruhlariga bo‘lish mumkin:

O‘zaro o‘zaro bog‘liqlik fanlar

Albatta, biron bir tartib boshqalardan ajratib bo‘lmasligi kerak. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy uyg‘unlikda bo‘lib, yagona kompleksni tashkil etadi. Masalan, fizika asosida yaratilgan texnik vositalardan foydalanmasdan biologiyani bilish mumkin emas.

Shu bilan birga, kimyoviy bilimlarsiz tirik mavjudotlar ichidagi o‘zgarishlarni o‘rganish mumkin emas, chunki har bir organizm juda katta tezlikda sodir bo‘ladigan reaktsiyalarning butun fabrikasidir.

Tabiiy fanlarning o‘zaro aloqalari doimo kuzatilib kelgan. Tarixan, ulardan bittasining rivojlanishi ikkinchisida bilimlarning jadal o‘sishi va to‘planishiga olib keldi. Yangi erlar ishlab chiqila boshlanishi bilan, orollar va erlar ochilib, zoologiya ham, botanika ham darhol rivojlandi. Darhaqiqat, yangi yashash joylari (hali hammasi bo‘lmasa ham) insoniyatning noma’lum vakillari tomonidan joylashtirildi. Shunday qilib, geografiya va biologiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq edi.

Agar biz astronomiya va tegishli fanlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning fizika, kimyo sohasidagi ilmiy kashfiyotlar tufayli rivojlanganligini ta’kidlash mumkin emas. Teleskopning dizayni asosan ushbu sohada muvaffaqiyatni aniqladi.

Shunga o‘xshash misollar ko‘p. Ularning barchasi bitta ulkan guruhni tashkil etuvchi barcha tabiiy fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni namoyish etadi. Quyida tabiiy fanlarning usullarini ko‘rib chiqamiz.

Maqsadlar va xususiyatlar

Fan - bu turli xil hodisalar, ularni tushuntirish to‘g‘risida bilimlarni olish va tashkil etishga qaratilgan tizimli harakatlar majmui. Tabiatshunoslikning asosiy vazifasi - dunyoda nima bo‘layotganini oldindan aytib beradigan qonunlarni shakllantirish. Bu olimlarning o‘rganilgan hodisalarni soddalashtirishi, noaniqliklarni bartaraf etish istagini anglatadi. Tabiiy fanlarni tavsiflovchi asosiy xususiyatlar, quyidagi ro‘yxat bilan ifodalanishi mumkin:

Determinizm. Sabab va ta’sir tushuntirishlariga e’tibor qaratish.

Tajribalar va matematik modellardan keng foydalanish.

Miqdoriy usullarning ustunligi.

Ob’ektivlik. Tadqiqotchilarning e’tiqodi zaif yoki jarayonga yoki xulosalarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Natijalarning takrorlanishi va ishonchliligi.

Eksperimental tekshirish yoki rad qilish imkoniyati.

Dunyoning ko‘proq umumiy tamoyillarini kashf etish istagi.

Tabiiy fanlarning rivojlanishi texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq. Texnik imkoniyatlarning yetishmasligi tabiiy hodisalarni tahlil qilishda hal qilib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lishi mumkin.

Masalan, teleskop va mikroskop kabi kuzatuv vositalarisiz olimlar astronomiya va mikrobiologiya sohasidagi eng muhim tadqiqotlarni o‘tkaza olmaydilar.

Buni tushunish juda muhimdir dunyo haqidagi bilim nomukammal va hatto haqiqatdan juda uzoqdir. Tabiatshunoslik fanlariga asoslangan nazariyalar faqat hodisani tushuntirishdan iborat. Ularning haqiqatga qanchalik mos kelishiga qarab, ularning sifati aniqlanadi. Ilm-fan taraqqiyoti yanada aniqroq vositalar yordamida kuzatuvlarni takomillashtirish va mantiqiy fikrlash uchun ma’lumot bazasini boyitish bilan izohlanadi.

Tadqiqot usullari

Ushbu fanlar foydalanadigan tadqiqot usullari to‘g‘risida to‘xtashdan oldin, ularni o‘rganish ob’ektlari aniqlanishi kerak. Ular:

Shaxs

Hayot

Olam

Materiya

Yer.

Ushbu ob’ektlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ularni o‘rganish uchun u yoki bu usulni tanlash kerak. Bular orasida, qoida tariqasida, quyidagilar ajralib turadi:

Kuzatish dunyoni bilishning eng oddiy, eng samarali va qadimiy usullaridan biridir.

Eksperiment kimyoviy fanlarning asosidir, aksariyat biologik va fizik fanlar. Bu natijani olish va unga nazariy asos haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Taqqoslash - bu usul ma’lum bir masala bo‘yicha tarixan to‘plangan bilimlardan foydalanishga va ularni natijalar bilan taqqoslashga asoslangan. Tahlil asosida ob’ektning yangilik, sifat va boshqa xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Tahlil. Ushbu usul matematik modellashtirish, tizimlashtirish, umumlashtirish, ishlashni o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘pincha, bu boshqa bir qator tadqiqotlar natijasidir.

O‘lchov - jonli va jonsiz tabiatning aniq ob’ektlari parametrlarini baholash uchun ishlatiladi.

Fizika, kimyo, tibbiyot, biokimyo va gen muhandisligi, genetika va boshqa muhim fanlarda qo‘llaniladigan eng yangi, zamonaviy tadqiqot usullari mavjud. Bu:

Elektron va lazer mikroskopi,

Santrifüjlash

Biokimyoviy tahlil

Rentgenologik tarkibiy tahlil,

Spektrometriya

Xromatografiya va boshqalar.

Albatta, bu to‘liq ro‘yxat emas. Ilmiy bilimlarning har bir sohasida ishlash uchun juda ko‘p turli xil qurilmalar mavjud. Har bir narsaga individual yondashuv zarur, bu usullar to‘plami shakllantirilishini, asbob-uskunalar va jihozlarni tanlashni anglatadi.

Prearistoteliya davri

Bunday boshlang‘ich bilimlar taxminan Mesopotamiya va qadimgi Misr madaniyatlarida ko‘proq tizimli tadqiqotlar va xulosalarga olib keldi. Bu erda tabiiy falsafaning birinchi yozma dalillari paydo bo‘ladi.Ilmiy tadqiqotlar an’anasi qadimgi Xitoyga ham xosdir, bu erda taoist alkimyogarlar va faylasuflar umrni uzaytirish uchun eliksirlarni sinab ko‘rishgan.

Qadimgi yunon mutafakkirlari tabiiy falsafani tabiatdagi nedensel munosabatlar va miloddan avvalgi 600-400 yillar oralig‘idagi mifologiya elementlari bilan yaqinlashtirishgan.

Qadimgi dunyo olimlarining ba’zi kashfiyotlari va farazlari ularning zamonaviyligida hayratlanarli:

Miloddan avvalgi VI asr e. - faylasuf Thales Miletus zilzilani ilohiy harakatlar bilan emas, balki jismoniy dunyoning hodisasi sifatida izohlaydi.

Miloddan avvalgi V asr e. Leucippus dunyo ajralmas zarrachalardan tashkil topgan, deb taxmin qildi.

Miloddan avvalgi IV asr e. - Aristotel “Xayvonlar tarixi” deb nomlangan juda katta asar yozdi, u hatto XVI asrda ham ilmiy fikrga o‘z ta’sirini yo‘qotmadi. Shuningdek, u fizika va meteorologiya bo‘yicha ishlarga ega.

Aristotel haqli ravishda fanning otasi deb hisoblanadi, chunki birinchisi empirik bilimning muhimligini anglagan. U o‘z uslublarini she’riyatdan va siyosatdan tortib astronomiyaga qadar deyarli hamma narsaga qo‘llagan. Qadimgi faylasufning bilimlar maktabini quyidagi tamoyillar asosida umumlashtirish mumkin:

Birovning tajribasidan o‘rganish.

Ushbu masala bo‘yicha umumiy kelishuvga murojaat qiling.

Hatto mavzu bilan qisman bog‘liq bo‘lgan faktlarni muntazam ravishda o‘rganish.

Tabiatshunoslikning zamonaviy muammolari.

Hozirgi rivojlanish bosqichida tabiiy fanlarning asosiy muammolari yangi ma’lumotlarni qidirish, nazariy bilimlar bazasini yanada chuqur, to‘yingan formatda to‘plashdir. XX asr boshlariga qadar gumanitar tarmoqlar bilan qarama-qarshilik ushbu fanlarning asosiy muammosi edi.

Biroq, bugungi kunda bu to‘siq endi ahamiyatli emas, chunki insoniyat, tabiat, kosmik va boshqa narsalar to‘g‘risida bilimlarni olishda insoniyat fanlararo integratsiyaning muhimligini anglab etdi.

Endi tabiatshunoslik fanining fanlari o‘zgacha vazifaga ega: tabiatni qanday asrab-avaylash va uni insonning o‘zi va uning iqtisodiy faoliyati ta’siridan himoya qilish kerak? Va bu erda eng dolzarb muammolar mavjud:

kislotali yomg‘ir

issiqxona effekti,

ozon qatlamining yo‘q qilinishi,

o‘simlik va hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishi,

havo ifloslanishi va boshqalar.

Ko‘pgina hollarda “Tabiiy fanlar nima?” degan savolga javob, darhol bir so'z aqlga keladi - biologiya. Bu fan bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘pchilikning fikri. Va bu mutlaqo to‘g‘ri fikr. Axir, biologiya bo‘lmasa, tabiat va insonni bevosita va juda chambarchas bog‘laydigan nima?

Ushbu fanni tashkil etadigan barcha fanlar tirik tizimlarni, ularning bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shuning uchun biologiyani tabiiy fanlarning asoschisi deb hisoblash odatiy holdir.

Bundan tashqari, u ham eng qadimiylardan biridir. Axir, odamlarning o‘zlariga, tanalariga, atrofdagi o‘simliklar va hayvonlarga bo‘lgan qiziqishi insondan kelib chiqqan. Genetika, tibbiyot, botanika, zoologiya va anatomiya ushbu fan bilan chambarchas bog‘liq. Bularning barchasi umuman biologiyani tashkil etadi. Ular bizga tabiat, inson va barcha tirik tizimlar va organizmlar to‘g‘risida to‘liq tasavvur beradi.

Falsafadan fanga

Aristotel va boshqa yunon tabiiy falsafasi asarlari XII asr o‘rtalarida Evropaga yetib bordi. Cherkov taqiqlariga qaramay, bu ishlar yangi universitetlarda o‘rganila boshlandi. Keyingi o‘rta asrlarda fanlarning dastlabki tasniflari yunon va arab falsafasi asosida nashr etildi, ular orasida tabiiy fanlar nomlarda paydo bo‘ldi.

XV asrda bosmaxonaning ixtiro qilinishi, mikroskop va teleskop dunyo haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Aristotel falsafasi yangi tadqiqot usullariga yo‘l berib, orqada qolib ketdi. Olimlar tabiatni tushunish uchun ajratish kerak bo‘lgan mexanizm sifatida ko‘rishni boshladilar. XVII asr ilmiy inqilobining asosiy yutuqlaridan biri tabiatni o‘rganish uchun ilmiy usulning keng qo‘llanilishi bo‘lib, u tabiatshunoslik asoslarini hozirgi paytda mavjud bo‘lgan shaklda shakllantirgan.

Kimyo va fizika

Organizmlar, moddalar va fanning tabiiy hodisalari haqidagi bilimlarni rivojlantirishda ushbu biologiya kabi qadimiy emas. Ular shuningdek, insonning rivojlanishi, uning ijtimoiy muhitga aylanishi bilan birga rivojlandi. Ushbu fanlarning asosiy vazifalari jonsiz va tirik tabiatning barcha jismlarini ulardagi jarayonlar, ularning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan o‘rganishdir.

Shunday qilib, fizika tabiiy hodisalarni, mexanizmlarni va ularning paydo bo‘lish sabablarini ko‘rib chiqadi. Kimyo kimyoviy moddalar va ularning o‘zaro bog‘liqliklari haqidagi bilimlarga asoslanadi.

Ilmiy usul

Zamonaviy fanlari ob'ektiv miqdoriy ma’lumotlardan intensiv foydalanish va matematikaga ishonganliklari sababli ko‘pincha aniq deb nomlanadi.

Bunga javoban, psixologiya, sotsiologiya va antropologiya kabi ijtimoiy fanlar ko‘p sonli bo‘lmagan hisob-kitoblarga tayanadi va, qoida tariqasida, kamroq aniq xulosalar ustida ishlaydi. Matematikani va statistikani o‘z ichiga oladigan rasmiy fanlar ko‘proq miqdoriy kategoriyalar bilan ishlaydi, ammo, qoida tariqasida, tabiiy hodisalarni o‘rganishni o‘z ichiga olmaydi.

Barcha tabiiy fanlarning asosini ilmiy usul tashkil etadi. - Tadqiqotni tahlil qilish va ob’ektiv izohlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan zamonaviy fanning eng muhim tarkibiy qismi. Uning qo‘llanilishi eksperiment bo‘yicha oqilona taxminni shakllantirish, natijada bitta yoki bir qator o‘zgaruvchilarni o‘rganish davrini o‘z ichiga oladi. Agar taxmin tajribalar xulosalariga to‘g‘ri kelmasa, u quyidagilar foydasiga chiqarib tashlanadi.

Ilmiy uslubga xos bo‘lgan ba’zi muhim fikrlar:

Tasdiqlash tekshirilishi kerak.

Tadqiqot deduktiv va induktiv fikrlashni o‘z ichiga oladi.

Tajribalarda shartga bog‘liq o‘zgaruvchilar mavjud.

Tajribalar o‘xshash, agar o‘xshash bo‘lmasa, natijalar bilan takrorlanishi kerak.

Tabiatshunoslikning ilmiy usulsiz shakllangan har qanday sohasini fan deb atash mumkin emas. Masalan, takroriy eksperimentlardan foydalangan holda mustaqil kuzatuvchilar tomonidan teologik g‘oyalarni tasdiqlab bo‘lmaydi.

Yer haqidagi fanlar

Va nihoyat, bizning uyimiz haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkon beradigan fanlarning ro‘yxatini keltiramiz, uning nomi Yerdir. Bularga quyidagilar kiradi:

geologiya

meteorologiya

iqlimshunoslik

suratga olish ishlari

gidrokimyo

kartografiya

mineralogiya

seysmologiya

tuproqshunoslik,

paleontologiya

tektonika va boshqalar.

Hammasi bo‘lib 35 xil fanlar mavjud. Birgalikda ular sayyoramizni, uning tuzilishini, xususiyatlari va xususiyatlarini o‘rganadilar, bu inson hayoti va iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarurdir.

Qonunlar va nazariyalar

Agar olimlar gipotezani tasdiqlovchi dalillarni topsalar, ikkinchisi nazariyaga aylanadi va nazariya haqiqat bo'lgan taqdirda qonun uning asosida yoziladi deb ishoniladi. Bu mutlaqo to‘g‘ri emas. Aslida, faktlar, farazlar, nazariyalar va qonunlar faqat ilmiy uslubning alohida vositalaridir. Ular rivojlanishi mumkin, ammo bu ular yangi sifatga o‘tishlarini anglatmaydi. Soddalashtirilgan, atamalar orasidagi farq quyidagicha ko‘rinadi:

Qonun - bu kuzatilayotgan hodisaning tavsifi. U bu hodisa nima uchun mavjudligini yoki nima sabab bo‘lganligini tushuntirmaydi.

Gipoteza bu hodisani cheklangan, taxmin qilingan tushuntirishdir.

Nazariya bu hodisa va uning sabablarini mantiqiy, tizimli ravishda idrok etishdir.

Bundan tashqari, agar biron bir qonun qonunga aylansa, bu kelajakdagi tadqiqotlar tufayli vaziyat o‘zgarmasligini anglatmaydi. Mutaxassis bo‘lmaganlar va olimlar orasida qonun ta’rifidan foydalanish sezilarli darajada farq qiladi.

Ilmiy qonunlar mutlaq emas, istisnolar bo‘lishi mumkin, vaqt o‘tishi bilan rad qilinishi yoki rivojlanishi mumkin.

Faktlar va qonunlar empirik, kuzatuv asosida ishlaydi. Nazariyalar qonunlar bilan kontseptual darajada ishlaydi va kuzatuvlarga emas, balki mantiqqa asoslanadi. Yomon va yaxshi rasmiy tushuntirishlarga o‘xshab, nazariyalar ham sifat jihatidan farq qiladi. Ularni baholashning eng muhim mezonlari quyidagi ro‘yxatga kiritildi:

Mantiqiy muvofiqlik. Nazariy inshootlar, chegara sharoitlari va taxminlar bir-biriga mos keladi.

Bashoratli kuch. U haqiqatni bashorat qilmoqda.

Aniqlik. Empirik tekshirish kafolati.

Daromadlilik. Murakkab hodisani tushuntirish yangi dizaynlarning asossiz qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak.

Nazariyalar va kuzatuvlar tabiatshunoslikning ikkita ustuni ekanligini hisobga olib, tadqiqotlar, o‘z navbatida, ikki darajada amalga oshiriladi: nazariy va empirik. Birinchisi hodisa va bu tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar haqida mavhum tushunchalarni ishlab chiqishga taalluqlidir. Empirik daraja haqiqiy kuzatuvlarning to‘g‘riligi uchun tushunchalarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv tufayli, nazariyalar haqiqatga mos ravishda takomillashtirilmoqda.

Sektorlar va fanlar

Tabiiy fanlarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: jismoniy fanlar va tirik ob’ektlarni o‘rganadiganlar. Shuningdek, ularni maqsadga muvofiq tasniflash mumkin. Sof fanlar deb ataladigan narsalar ularni boshqaradigan eng asosiy ob’ektlar va qonunlarni tushuntiradi.

Amaliy fundamental nazariy bilimlarni tor amaliy maqsadlarda qo‘llaydi. Masalan, tibbiyot inson kasalliklarini biologiyaga asoslangan davolashga qaratilgan.

Asosiy deb hisoblangan tabiiy fanlar ro‘yxati quyidagicha:

Fizika modda, energiya, makon va vaqtning xususiyatlari va o‘zaro ta’siriga e’tiborni qaratadi.

Kimyo. Uning qiziqishlari moddalarning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini va reaktsiyalar natijasida ularning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Eksperimental intizom fanning qolgan qismi bilan chambarchas bog‘liq. Bu kimyoviy - ezoterizm va jismoniy tajribalarning kombinatsiyasidan kelib chiqdi. Tizimlashtirish davriy jadvalni yaratgandan va atom nazariyasini kiritgandan so‘ng, tadqiqotchilar tomonidan materiya shakllari to‘g‘risida fundamental tushunchalarni ishlab chiqish natijasida yuzaga keldi.

Biologiya. Tirik mavjudotlarni, ularning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Organizmlarning xususiyatlari va tasnifi, turlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri. Botanika, zoologiya va tibbiyot kabi bo‘limlar birinchi tsivilizatsiya bilan paydo bo‘ldi.

Mikrobiologiya XVII asrga kelib, mikroskop kashf etilgan. Ilm-fan rivojlanishidagi muhim voqealar evolyutsiya nazariyalarining paydo bo‘lishi, fizika va kimyoga xos bo‘lgan usullarning uyali va molekulyar darajada qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Tadqiqot ko‘lamiga qarab bo‘limlarga bo‘linadi: hayot molekuladan ekologiyaga qadar.

Geografiya. Yerning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hozirgi holatini tavsiflovchi fan. U sayyorani kartografiyadan ob-havo prognozlarigacha o‘rganish usullarini to‘plamini birlashtiradi. U okeanografiya, geologiya, tuproqshunoslik, paleontologiya kabi muhim bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Garchi foydali qazilmalar va ma’danlar butun insoniyat tsivilizatsiyasida qiziqish uyg‘otsa-da, yerning tuzilishi haqidagi bilimlar faqat XVIII asrda ilmiy rivojlandi. Astronomiya Samoviy jismlar, ularning harakati va ular bilan bog‘liq hodisalar to‘g‘risidagi ta’limot. Eng qadimgi fanlardan biri. Osmondagi jarayonlarni tushunish vositasi sifatida fizika va matematik usullardan foydalanadi. Bu koinotning kelib chiqishi va kelajagi haqidagi falsafiy savollar bilan chegaradosh. Teleskoplarning paydo bo‘lishi va yaxshilanishi rivojlanishning asosiy omili hisoblanadi.

Zamonaviy tsivilizatsiyani belgilaydigan ko‘plab yutuqlar tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar natijasida hosil bo‘lgan bilim va texnologiyalarning natijasidir

Yangi resurslar haqida habardor bo‘lish!

Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.