REJA
PISA tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot.
Oʻqish savodxonligi ta’rifi.
Matematik savodxonlik tushunchasi.
PISA tadqiqotlarining baholash mezonlari.
5.Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etishi.
Tayanch so‘z va iboralar: PISA, bilim, ko‘nikma, malaka, baholash tizimi, tadqiqot vositalari, maktab o‘quvchilari, xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi
PISA tadqiqotlari haqida ma’lumot va topshiriqlari. PISA (The Programme for International Student Assesment) - O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan bo‘lib, xar uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi, birinchi marta 2000 yilda o‘tkazilgan. Har uch yilda bitta fan yo‘nalishiga afzallik berilib , ja’mi testlar majmuasining deyarli 50 % shu fanga mansub bo‘ladi. 2000-yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan. Aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishi sababi ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tishadi. Dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini emas, balki olgan malaka, bilim va ko‘nikmalarni hayotda qo‘llashni bilish va natijani tahlil qila olish, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilishni tekshirish. PISA - dasturi o‘quvchilarning katta hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash, ishontirish va bilimlarini mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi dastur hisoblanadi. 2000-2015 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning o‘rta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI. PISA BAHOLASH TIZIMI XUSUSIYATLARI
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrning jamiyat oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Strategik maqsadlarga erishish yangi marralarni zabt etish rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak saviyali kadrlar mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Buning zaminida inson kapitali sodda qilib aytganda inson uning salohiyatini kashf etish hamda uni ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi. “Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki bu shu sarmoya jamiyatga 15-17 barabor miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatgich 4 barobarni tashkil etadi. Inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun esa barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”- deya ta’kidlagan edi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 3 yoshdan 22 yoshgacha o‘rtacha 210 ming dollar sarflanar va natijada 3,1 million dollar foyda keltiradi. Janubiy Koreada 130 ming dollar sarflanar va natijada 2,1million dollar foyda keltirilar ekan. Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga sarflangan har bir so‘m 13 barabor hisobida qaytadi O‘zbekistonda esa 16 ming dollar sarflanib, buning evaziga 70 ming dollar foyda olinar ekan. Ta’lim sifatini xalqaro standartlar orqali baholash shu orqali dunyoning boshqa mamlakatlari bilan solishtirma taxlillar qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi mazkur hujjatga asosan, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish belgilandi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika, va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA Xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeyini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi. PISA-15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi ba 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni mamlakatdagi jami15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.
Masalan, global ahamiyatda ega masalalarni hal etishda o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA- xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. PISA hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi yoki tartib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqazo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o‘quvchilarda tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi, davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi. PISA tadqiqoti- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT (OECD-Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.Tadqiqot ilk bora 2000-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, har uch yilda bir marotaba o‘tkazib boriladi. PISA tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
1.Ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli Xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
2.Tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o‘quvchilar ishtirok etadi;
3.Tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini hayotda qo‘llay olish layoqati baholanadi;
4.Tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy yo‘nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;
5.Tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi;
O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga egadir: -O‘zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorgarligini aniqlash;
-Mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash;
-O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish;
-Tadqiqot o‘tkazish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Barcha o‘quvchilar uchun bir xil test savollari berilmaydi. PISA tadqiqotlarida qo‘llaniladigan test savollari odatda mamlakat ta’lim tizimi samaradorligini baholash uchun ishlab chiqiladi. Tadqiqot savollari o‘quvchilarni individual baholash uchun mo‘ljallanmagan. Shu sababli, har bir o‘quvchiga bir xil namunadagi savollar to‘plami tarqatilishi talab etilmaydi. Shunday qilib, PISA test materiallari to‘plami testda qatnashgan o‘quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida taqsimlanadi. PISA- 2015 tadqiqoti kompyuter tizimidan foydalangan holda o‘tkazilgan. Buning o‘ziga xos ahamiyati nimada? Kompyuter va kompyuter texnalogiyalari kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. PISA Xalqaro baholash dasturini kompyuterda o‘tkazish an’anasi ham ijobiy ma’noda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2015-yil PISA Xalqaro baholash dasturida qatnashish istagini bildirgan ko‘plab davlatlarda Ilk marta kompyuter yordamida test jarayonlari o‘tkazilgan. Faqat kompyuterda o‘tkazishga tayyor bo‘lmagan ayrim davlatlardagina test sinovlari qog‘oz ko‘rinishida o‘tkazilgan. Mamlakatlarda PISA tadqiqotlarida ishtirok etish uchun maktablar qanday tanlab olinadi? PISA tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish uchun qat’iy texnik standartlarni qo‘llaydi. Maktablarni tanlab olish jarayoni sifati ta’minlanadi, erishilgan namunalar va tegishli javob stavkalari belgilangan normalarga rioya qilganligini tasdiqlaydigan qaror qabul qilish jarayoniga bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan va bugungi kunda qatnashib kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.
PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “STesting” loyihasi doirasida 100 dan ortiq tayyorgarliklar uchun video yaratildi va “STesting” platformasi ishga tushirildi.
Bu platforma oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni oʻz ichiga olgan. Unga 1500 tadan ortiq test joylashtirilgan.
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, testlarni yechish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan mazkur elektron platforma sentyabr-oktyabr oylarida muayyan maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazildi. Eng muhim jihatlardan biri ushbu platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Bugunga qadar ushbu platformada 2,6 milliondan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtgan va ularning diagnostik baholash natijalari tahlil qilingan. Hozirgi kunda milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda. Milliy oʻquv dasturi doirasida bolalarga endi nazariy bilim emas, hayotiy koʻnikma va malaka berish ustida ish olib borilmoqda. Shu orqali biz xalqaro baholash dasturlarida natijaga erishishimiz mumkin.
– Oʻzbekiston xalqaro baholash tizimi (PISA)ga kirish boʻyicha xohish bildirgani juda ham muhim. Chunki PISA taʼlimni qanday qilib takomillashtirish mumkin boʻlgan barcha savollarga javob tizimi hisoblanadi. Bu, albatta, katta tayyorgarlik talab etadi. Juda koʻp mutaxassislar buning ustida ishlaydi. Lekin yakunda biz obeʼktiv maʼlumotni olish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Oʻzbekiston taʼlim tizimi 2030-yilga borib aynan PISA xalqaro baholash dasturida birinchi oʻttiztalikka kirishi uchun zarur koʻmak beramiz. Bundan tashqari, milliy baholash tizimini ham hozir shakllantirish harakatidamiz. Mazkur milliy tizim juda ham muhim. Chunki uning bir nechta komponenti boʻladi. Bu sizga qiz va oʻgʻil bolalar kesimida viloyatlar, tumanlar, shaharlarni taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Biz qayerda kamchilik, boʻshliq borligini bilgan holda zarur chora-tadbirlar koʻramiz. Xalqaro baholash tadqiqot dasturlariga tayyorgarlik, erishilgan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, xalqaro baholash dasturi natijalari asosida umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini baholash milliy tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda maktab oʻquvchilarining kelajakdagi xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik darajasini oshirishga doir takliflar tayyorlash koʻzda tutilgan.
Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etishi.
2022- yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etdi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.
2022-yil 24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish– inson kapitalini rivojlantirish omili” mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi.
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993-yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013-yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989- yildan 2018-yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha– IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994-yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988-yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri – 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman.
Shuningdek, Rossiya davlati bilan hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019- yil fevral).
Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ygan. Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qo‘yilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh qiladigan yo‘nalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin bo‘ldik.
TABIIY FANLAR SAVODXONLIGI
PISA tadqiqoti 2015-yilda ilk marotaba kompyuterda o‘tkazildi. Mazkur tadqiqotda foydalanilgan topshiriqlarni ikkita guruhga ajratish mumkin: standart va interfaol topshiriqlar. Interfaol topshiriqlarning standart topshiriqlardan farqi shundaki, ularda tadqiq etilayotgan muammoli vaziyatni hal qilishda kompyuter simulyatsiyasidan foydalaniladi. O‘quvchilar virtual muhitda real vaqtda “tadqiqotchi” sifatida muayyan muammoni hal qilishga kirishadilar. Tadqiqotchilikning bunday ko‘rinishi faqat kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Har bir PISA topshirig‘i bir yoki bir nechta savolni o‘z ichiga oladi. Har bir savolning o‘z maqsadi bo‘lib, u quyidagi toifalarga ko‘ra tasniflanadi: kompetensiya, ilmiy bilish turi, kontekst, kognitiv daraja.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi:
- hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish;
- ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
- ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish.
Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi – texnologiyalar, tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilish, taklif qilish va baholash. Bunda quyidagi ko‘nikmalar namoyish etiladi:
- tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish;
- izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish
- tegishli prognozlar qilish va asoslash;
- izohlovchi farazlarni taklif etish;
- ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish.
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi – ilmiy tadqiqotlarni tasvirlash va baholash hamda muammolarni ilmiy asoslangan holda hal qilish yo‘llarini taklif etish. Bunda quyidagi ko‘nikmalar namoyish etiladi:
- berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash;
- ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash;
- berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish;
- berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;
- ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash.
Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi – turli ko‘rinishdagi ilmiy ma’lumotlar, dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda quyidagi ko‘nikmalar namoyish etiladi:
- ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash;
- ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish;
- ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash;
- ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan boshqa qarashlardan farqlay olish;
- turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, internet)dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash.
Ilmiy bilish turlari
O‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalarini namoyish etishlari ilmiy bilishning uchta turiga bog‘liq. Ilmiy bilish turlariga quyidagilar kiradi: fizik sistemalar (fizika va kimyo), tirik sistemalar (biologiya), yer va fazo sistemalari (geografiya, geologiya, astronomiya)ga oid bilimlar, ya’ni fanning mazmuniga oid bilimlar; ilmiy ma’lumot (bilim)lar olish uchun qo‘llaniladigan turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilishga oid metodologik bilimlar; epistemik bilimlar, ya’ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlarini tushunishimiz natijasi ekanini, shuningdek, faraz, gipotezaning kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish. Kontekstlar PISA topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda hayotiy muammoli vaziyatlar aks etadi.
PISA topshiriqlarida muammoli vaziyatlar quyidagi kontekstlarda ifodalanadi: salomatlik; tabiiy resurslar; atrof-muhit; xavf-xatar; ilm-fan va texnologiya sohasidagi yangi bilimlar. Kontekstlar uchta darajada bo‘ladi: shaxsiy; mahalliy/milliy; global.
Kognitiv darajalar
Savolning kognitiv darajasi bu – topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan aqliy jarayonlar, topshiriqning intellektual jihatdan qiyinligi, ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining murakkabligi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikmalar ko‘lami. Topshiriqlar quyidagi kognitiv darajalardan biriga ega bo‘ladi:
quyi daraja (bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan so‘ralgan ma’lumot ifodalangan nuqtani topish);
o‘rta daraja (hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi oddiy ma’lumotlar to‘plamini talqin qila olish yoki qo‘llay olish);
yuqori daraja (murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalaridan foydalangan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini belgilash). Mazkur axborotnomadan o‘rin olgan PISA topshiriqlari kompyuter ekranidagi ko‘rinishda e’tiboringizga havola etilmoqda.
PISA topshiriqlarini bajarishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: topshiriqni bajarish yuzasidan kursivda berilgan ko‘rsatmani diqqat bilan o‘qish; topshiriqdagi muammoli vaziyat aks etgan matnni diqqat bilan o‘qib-tushunish; grafik, rasm, chizmalarda ifodalangan ma’lumotlar bilan tanishish, ularni talqin qilish, xulosa chiqarish, kompyuterda ishlash, mantiqiy va tahliliy fikrlash, tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan egallagan tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish
O‘QISH SAVODXONLIGI
O‘qish savodxonligi nafaqat ta’lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos, zaruriyat hisoblanadi. O‘quvchining kitob o‘qish qobiliyatiga e’tibor qaratish, jumladan, uning ma’lumotni tanlashi, tushunishi, talqin qilishini baholash tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biridir. O‘qish savodxonligi – shaxs o‘zining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish maqsadiga erishishi yo‘lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati demakdir. PISA ko‘p sonli o‘quvchilarni baholaydi. Bu o‘quvchilarning ba’zilari ilmiy yoki kasbiy sohani egallash uchun oliy ta’lim muassasilariga borishadi, boshqalari ishga joylashish uchun zarur tayyorgarlik ko‘nikmalarini egallaydilar, ba’zilari esa umumiy o‘rta ta’limni tamomlashi bilanoq oddiy ishga joylashadilar. Ularning ilm yoki mehnat faoliyatini tanlashidan qat’iy nazar, o‘quvchilarning fuqarolik jamiyatida hamda shaxsiy hayotdagi faol ishtiroklarida o‘qish savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi. Matnlar “Matn” jumlasi yozilish shakliga ko‘ra qo‘lyozma, nashr etilgan yoki elektron shaklda bo‘ladi. Matnlar, shuningdek, ko‘rgazma vositalari, jumladan, diagrammalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar, grafiklar va komikslarni ham qamrab oladi. Shaxs o‘zining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish maqsadiga erishish yo‘lida matnlarni tushinishi, ulardan foydalanishi, ular ustida mulohaza yuritishi hamda ularga munosabat bildirishi lozim. Matndan ma’lumotlarni olish Jadvallar, matn bo‘limlari yoki butun kitoblardan ma’lumotlarni qidirishning o‘zi bir mahoratdir. Axborotni qidirish o‘quvchilarning topshiriq talablarini tushunishi, matn tuzilishi haqidagi bilimi hamda matnning mavzuga aloqadorligini baholash qobiliyatlariga asoslangan bo‘ladi. Tegishli matnni qidirish va tanlash. Tajribali o‘quvchilar faqatgina bitta matnni o‘qiganda emas, balki bir necha matnlarni o‘qiganda ham ma’lumotlarni tanlay olishadi. Internet muhitidagi ma’lumotlar ko‘p hollarda o‘quvchining tahlil qila oladigan miqdoridan ko‘ra ancha ko‘p bo‘ladi. Bunday bir necha matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchi berilgan matnning qaysi biri eng ishonchli, aniq, mavzuga mos keladigan va muhim ekanligi yuzasidan qaror qabul qilishi zarur.
Tushunish. Ko‘plab o‘qish mashg‘ulotlari matnda berilgan ma’noni tushunish uchun matnning kengaytirilgan qismlari tahlili va integratsiyasini talab etadi. Matnni tushunish (“anglash” deb ham nomlanadi) “vaziyat modeli” deb nomlangan o‘quvchi tomonidan yaratilgan matn nimaga oid ekanligi haqidagi aqliy ifoda sifatida ko‘rilishi mumkin. Matnning juz’iy ma’nosini ifodalashni o‘rganish o‘quvchidan kichik matnlarni va jumlalarni tushunishni talab qiladi. Matnni tushunish zarur ma’lumotni topshiriq va savollarga to‘g‘ridan to‘g‘ri moslashtirishga olib keladi. O‘quvchi o‘z imkoniyati doirasida ma’lumotlarni darajalarga bo‘lishi, ularning ustuvorlik darajalarini belgilashi yoki hajmini kichraytirishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Integratsiya qilib matn yaratishni ifodalash har bir gap bilan alohida ishlashdan to to‘liq matn bilan ishlashgacha bo‘lgan jarayonni talab etadi. O‘quvchi turli xil xulosalarni, oddiy bog‘langandan to murakkabroq ma’no aloqadorligigacha bo‘lgan turini yaratishi lozim bo‘ladi. Baholash va mulohazalar yuritish. Sifat va ishonchni baholash.
Tajribali o‘quvchilar matndagi ma’lumotning ishonchliligi va sifatini, ya’ni ma’lumot yaroqli, yangi, to‘g‘ri va bir yoqlama emasligini aniqlay oladilar. Baholash jarayoni ba’zan o‘quvchidan ma’lumot manbasini aniqlash va baholashni talab etadi, jumladan, muallif tajribalimi, yaxshi ma’lumotga ega yoki obyektivmi va hokazo. Shakl va mazmun haqida mulohaza yuritish. Tajribali o‘quvchilar matn yozilishining uslubi va sifati haqida mulohaza yuritishi lozim bo‘ladi. Bu mulohazakorlik muallifning fikri va maqsadini qanday ifodalaganini va matn yozilishining shakli va mazmuni o‘rtasidagi aloqadorlikni baholay oladi. Tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash. Ko‘p qismli va qarama-qarshi fikrli matnlarga duch kelganda o‘quvchilar shu kabi tafovutlardan va ular bilan ishlash usullaridan xabardor bo‘lishlari lozim. Odatda, tafovutlar bilan ishlash o‘quvchidan o‘zining ishonchli manbalariga asoslanib, qarama-qarshi fikrlarni aniqlashi va ularning ishonchliligini baholashini talab etadi. Ushbu ko‘nikmalar zamonaviy o‘qishning ko‘p qismini o‘z ichiga olgani sababli, 15 yoshli bolalarning xilma-xil matnlarni umumlashtirish, taqqoslash, tushunish kabi qiyinchiliklarga nechog‘liq tayyor ekanliklarini aniqlash muhim masala hisoblanadi.
KREATIV FIKRLASH
Ushbu bo‘lim PISA dasturining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid bo‘lib, unda xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning kreativ fikrlashini baholashga doir topshiriq namunalari, ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar hamda baholash mezonlari keltirilgan. Kreativ fikrlash tushunchasi Hennessey va Amabile kabi tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra “Kreativ fikrlash dunyoning turli mintaqalarida insoniyat madaniyatini ravnaq topishiga, jumladan, ilm-fan, falsafa, san’at va gumanitar fanlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi”, deya ta‘riflanadi. 2021-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan PISA tadqiqotida kreativ fikrlash termini o‘quvchilarning tasavvurlarni ta’sirchan tarzda ifodalash, bilim olishni rag‘batlantiruvchi, original va samarali yechim topishga yo‘naltiruvchi g‘oyalarni shakllantirish, baholash va takomillalshtirishda faol ishtirok etish kompetensiyasi sifatida ta’riflangan. Bu ta’limning barcha turida tahsil oluvchi o‘quvchilarning g‘oyalar yaratish jarayonida qay darajada ishtirok etishi, g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini inobatga olib, ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay tartibda bildirishini va o‘zlari kutgan natijaga kelmaguncha g‘oyalarni yaratishda davom etishini anglatadi. Endigina rivojlanib borayotgan Kreativ fikrlash sohasi ustida qator tadqiqotlar olib borilgan. Plucker va Beghetto kabi tadqiqotchilar kreativlikka nisbatan, uning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy xususiyatidan kelib chiqib, “U qobiliyat, jarayon va muhit orasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, uning yordamida guruh yoki inson ijtimoiy kontekstda yangicha va samarali mahsulot yaratadi” degan izohni beradi. Xalqaro PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash to‘rtta faoliyat sohasiga oid bo‘lib, ular yozma ifodalash, vizual ifodalash, ilmiy muammolarni hal qilish hamda ijtimoiy muammolarni hal qilishdir. Yozma ifodalash sohasi ijodiy barkamollikni (kreativlikni) ifoda qilishning tabiiy vositasi hisoblanib, o‘quvchilardagi aqliy hamda muloqot qilish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun muhimdir. Vizual ifodalash sohasi kreativ fikrlash ko‘nikmalarini ifoda qilishda o‘quvchilar axborot uzatish vositalari, materiallar va jarayonlardan foydalanib, fikr-mulohazalari va tajribalarni kashf etadi, tajribada sinaydi va boshqalar bilan baham ko‘radi. Ijtimoiy muammolarni hal qilish sohasi kreativ fikrlashda o‘quvchilarning innovatsion va amaliy yechimlar taklif etadigan g‘oyalarni ilgari surish qobiliyatidir. Ilmiy muammolarni hal qilish sohasida kreativ fikrlash o‘zini turli yo‘l bilan ilmiy bilimini oshirishga yordam beradigan yangi g‘oyalar, tajribalar, ixtirolar namoyon bo‘ladi. Mazkur baholash sohalari kreativ fikrlashning kompetensiyaviy modeli asosida amalga oshirilib, ushbu model o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholash maqsadida uchta jihatga ajratiladi:
“turli g‘oyalarni ilgari surish”, “kreativ g‘oyalarni ilgari surish” va “g‘oyalarni baholash va takomillashtirish”.
Turli g‘oyalarni ilgari surish insonning kreativ fikrlash qobiliyatini ko‘rsatib beradigan asosiy mezon, ya’ni uning qanchalik ko‘p g‘oyalar bera olishi bilan o‘lchanadi. Darhaqiqat, fikran teranlik insonning ijodiy samaradorligini baholovchi ko‘p qo‘llaniladigan mezondir. Ushbu mezon, bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan bir nechta g‘oyalarni sodda shaklda ilgari surish bilan insonning kreativ fikrlash ko‘nikmasini haqiqiy ko‘rsatib beradigan omil bo‘lib, o‘sha g‘oyalarning rang-barangligi, o‘zgaruvchanligi va g‘oyalarning takroriyligidan qochish bilan xarakterlanadi. Kreativ g‘oyalarni ilgari surish qismida asosan o‘quvchilarning bo‘limlar kesimida mos va o‘ziga xos g‘oyalarni topish qobiliyatlariga e’tibor qaratiladi (masalan, hikoyada ilgari surilgan asosiy g‘oya, fikr va mulohazalarni vizual ko‘rinishda ifoda qilish, ijtimoiy yoki ilmiy muammoga original (ijodkorona) yechim topish va shu kabilar). Boshqacha aytganda, o‘quvchilardan boshqalarning xayoliga kelmagan va topshiriqqa mos javob topish so‘raladi. G‘oyalarni baholash va takomillashtirish samarali tarzda kreativ fikrlash ko‘nikmasi odatdagidan ajralib turadigan qandaydir yangilik yaratish bilan xarakterlanmaydi, balki kutilgan natijani beradigan nimadir yaratish va “hayratlanarli samara” beradigan ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bunday fikrlash jarayonlari g‘oyalardagi kamchiliklarni bartaraf etadi va odatda, yangidan boshqa g‘oyalar yaratishga ko‘maklashadi yoki ijodiy natijani yaxshilash uchun birlamchi g‘oyalarni qaytadan shakllantiradi. Baholash va takomillashtirish jihati kreativ fikrlash jarayonining asosi hisoblanadi. Boshqalar tomonidan berilgan g‘oyalarning kamchiliklari va afzalliklarini aniqlash qobiliyati bilim hosil qilishda jamoa bo‘lib ishlashning asosiy qismi hisoblanadi. Axborotnomaning ushbu bo‘limida xalqaro PISA dasturidagi kreativ fikrlash yo‘nalishining yozma hamda vizual ifodalash sohalariga oid topshiriq namunalari, ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar va baholash mezonlari taqdim etiladi.
O‘qish savodxonligi PISA xalqaro o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturining 2018-yilda o‘tkazilgan baholash siklining asosiy bilim sohasi hisoblanadi.
Tadqiqotining o‘qish savodxonligi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan ushbu qamrov doirasi – o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturning o‘qish savodxonligi yo‘nalilshida olib borilgan tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan. Qamrov doirasida PISA tadqiqotlari doirasida o‘quvchilarning qay darajada oson va samarali o‘qib, tushunish ko‘nikmalari va bu ko‘nikmalarning turli metakognitiv jihatlari qanday baholanishi tushuntirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlari qay darajada baholanishi va izohlanishi muhokama etilgan hamda o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha tuzilgan topshiriq namunalari keltirilgan. PISA tadqiqotining o‘qish savodxonligi mohiyatida tadqiqotning turli sikllarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan birgalikda qamrov doirasida ham bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Barchamizga ma’lumki, o‘qish savodxonligi ilk PISA siklida, ya’ni PISA 2000 tadqiqotida baholangan asosiy bilim sohasi hisoblanadi. To‘rtinchi PISA sikli uchun (PISA 2009) o‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida takomillashdi va uning qamrov doirasini to‘liq ko‘rib chiqilishi va xususiyatini belgilab beruvchi yangi qirralarini rivojlantilishi talab etildi. 2018-yil o‘tkazilgan yettinchi PISA sikli uchun qamrov doirasi yana bir bor qayta ko‘rib chiqilib, bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu qamrov doirasi so‘nggi o‘n yillikda shakllanib kelgan va raqamli matnlar va qurilmalardan keng foydalanish tufayli shakllanishda davom etayotgan o‘qish savodxonligining yangicha shakllari bilan birgalikda an’anaviy ruhda hozirgi o‘qish savodxonligi bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi hamda qamrov doirasi bajariladigan faoliyat turida matnlarning ishonchliligini baholash, ma’lumotlarni qidirib topish, ko‘p manbalardan saralab o‘qish va turli manbalar ichidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish kabi o‘qish bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi. Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning asosiy usuli sodda matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza yuritishdan iborat edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, informatsion texnologiyalarni insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga ko‘proq e’tibor qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, kengayib borishini taqozo etadi. Endi ushbu soha XXI asrda talab etiladigan savodxonlikka oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng miqyosdagi yangidan-yangi ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Savodxonlik tushunchasiga berilgan ta’rif orqali tobora o‘zgarib borayotgan vaziyatlar va yangi texnologiyalarning ta’siri tufayli savodxonlik mohiyati mudom o‘zgarishlarga yuz tutishini anglab yetish bilan yuqori saviyadagi raqamli o‘qish ko‘nikmalari va asosiy o‘qish jarayonlarini qamrab olinishi talab etiladi. Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash oddiy yozuv usulidan kompyuter erkanlaridan tortib smartfonlargacha bo‘lgan zamonaviy qurilmalar bilan amalga oshirilayotgan ekan, matnlarning tuzilishi va formatlaridan ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchidan yangidan-yangi aqliy strategiyalarini rivojlantirishni va maqsadli o‘qish jarayonida aniq maqsadlarni qo‘yishni taqazo etmoqda. Shuning uchun, o‘qish savodxonligida muvaffaqiyatga erishish deganda biror sodda matnni o‘qib, tushunish nazarda tutilmasligi lozim. Katta hajmli, jumladan, badiiy matnlarni o‘qib, talqin qila olish qobiliyati o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda, o‘qish savodxonligini o‘zlashtirilishi ma’lumotlarni qayta ishlashning murakkab strategiyalari, jumladan, ko‘p matnli (yoki ma’lumot) manbaalaridan tegishli ma’lumotlarni olib, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va talqin qilishni ham talab etadi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli va qobiliyatli shaxslar ilm-fan va matematika kabi barcha sohalarda ma’lumotlardan foydalanadi va qator ma’lumotlarni samarali qidirib topish, tizimlashtirish va filtrlash uchun texnologiyalardan foydalanadi. Bular mehnat bozorida, tahsilning keyingi bosqichlarida hamda XXI asrning ijtimoiy va fuqorolik hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmalar hisoblanadi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholay olishda avvalgi qamrov doirasi bilan bog‘liqlik mavjud ekani kafolatlangan holda qayta ko‘rib chiqish turli modellarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish uchun turli o‘qish jarayonlarining e’tiborli jihatlari qayta tartibga keltirildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida butun dunyoda hozirda matnlardan keng foydalanib kelinayotganini hisobga olib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonliklarini yanada xolisroq baholashda nazorat qilib boriladigan raqamli va bosma matnli savollardan qay tartibda foydalanish va yangi texnologik imkoniyatlarni qay tartibda jalb etish ko‘rib chiqildi. Yuqorida ta’kidlanganidek tadqiqotning o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ishlab chiqilgan ushbu qamrov doirasi avvalgilaridan birmuncha farqlandi. 2000-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan bo‘lsa, 2009-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular 7 bilan shug‘ullanish hamda ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifdan 2012 va 2015-yilgi tadqiqotlarda ham o‘qish savodxonligi ta’rifi sifatida foydalanilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif o‘qish savodxonligining ajralmas qismi sifatida matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni baholashni o‘z ichiga oladi va “yozma” so‘zi olib tashlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish demakdir.” (PISA 2018, o‘qish savodxonligi qamrov doirasi).
PISA tadqiqotida ishtirok etish quyidagilarga imkon yaratib beradi: – umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ta’limning keyingi bosqichini davom ettirishga, shuningdek mustaqil hayotga qay darajada tayyor ekanligini aniqlash; – umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash; – o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini baholashda quyidagi uch jihatga alohida e’tibor qaratiladi:
– topshiriqlar o‘quvchilarning kundalik hayotdagi qiziqishlari va ehtiyojlariga mosligi;
– muammo mazmuni (kontekst)ning hayotiyligi;
– matematikani qo‘llash bosqichlarining faqat ayrimlarini emas, balki barchasining to‘liq qamrab olinganligi, ya’ni bu jarayonning bir qisminigina bajarish (masalan, tenglamani yechish, algebraik ifodani soddalashtirish) emas, balki masalani tushunish bosqichidan boshlab, uni matematik tilda ifodalash, yechish va yechimni talqin qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarning hammasini qamrab olinganligi. Bu jihatlar o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni ya’ni matematik savodxonlik tushunchasida o‘z aksini topgan.
Pedagogik ta’lim klasteri: Matematik savodxonlik tushunchasi turli yillardagi tadqiqotlarda turlicha talqin qilingan. Oxirgi tadqiqot natijalariga ko‘ra unga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
1.Tanqidiy fikrlash;
2.Ijodkorlik, kreativlik;
3.Tadqiqot va tahlil qilish;
4.Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik;
5.Ma’lumotlardan foydalanish;
6.Tizimli fikrlash;
7.Muloqot qilish;
8.Mulohaza yuritish.
Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o‘z ichiga oladi. U insonlarga matematikaning olamdagi o‘rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o‘zini o‘zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo‘lgan asoslangan hukm va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko‘zini biladigan (konstruktiv) XXI asr fuqarosi uchun zarur bo‘lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o‘zida shakllantirishga yordam beradi.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda –, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan. PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
1.Bir javobli testlar;
Bir nechta javobli testlar;
Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 3 yoshdan 22 yoshgacha o‘rtacha 210 ming dollar sarflanar va natijada 3,1 million dollar foyda keltiradi. Janubiy Koreada 130 ming dollar sarflanar va natijada 2,1 million dollar foyda keltirilar ekan. Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga sarflangan har bir so‘m 13 barabor hisobida qaytadi O‘zbekistonda esa 16 ming dollar sarflanib, buning evaziga 70 ming dollar foyda olinar ekan. Ta’lim sifatini xalqaro standartlar orqali baholash shu orqali dunyoning boshqa mamlakatlari bilan solishtirma tahlillar qilish maqsadida vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi mazkur hujjatga asosan, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish belgilandi. PIRLS-Boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash. TIMSS- 4 va 8-sinf o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baxolash. PISA- 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish va matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. TALIS-umumiy o‘rta ta’lim maktablari derektorlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlarini samaradorligini baholash PISA-o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Testda faqat 15 yoshli o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika, va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA Xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Unda o’quvchilarning bilim sifati o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha monitoring qilinadi ba 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastur ko’magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi.Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni mamlakatdagi jami15 yoshli bolalarning 2 foizi miqdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. PISA-o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, o‘quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga mo‘ljallangan. PISA Xalqaro dasturi shuningdek, o‘quvchilar munosabati va hal qila olish kabi ko‘nikmalarni ham baholaydi.
Masalan, global ahamiyatda ega masalalarni hal etishda o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA- xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. PISA hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi yoki tartib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqazo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o‘quvchilarda tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi, davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi. PISA tadqiqoti- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT (OECD Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. Tadqiqot ilk bora 2000-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, har uch yilda bir marotaba o‘tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
PISA tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
1.Ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli Xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
2.Tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o‘quvchilar ishtirok etadi;
3.Tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini hayotda qo‘llay olish layoqati baholanadi; 4.Tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy yo‘nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;
5.Tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi;
O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga egadir: -O‘zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorgarligini aniqlash;
-Mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
-O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish;
-Tadqiqot o‘tkazish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Barcha o‘quvchilar uchun bir xil test savollari berilmaydi.
PISA tadqiqotlarida qo‘llaniladigan test savollari odatda mamlakat ta’lim tizimi samaradorligini baholash uchun ishlab chiqiladi. Tadqiqot savollari o‘quvchilarni individual baholash uchun mo‘ljallanmagan. Shu sababli, har bir o‘quvchiga bir xil namunadagi savollar to’plami tarqatilishi talab etilmaydi. Shunday qilib, PISA test materiallari to‘plami testda qatnashgan o‘quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida taqsimlanadi. PISA-2015 tadqiqoti kompyuter tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.Buning o‘ziga xos ahamiyati nimada? Kompyuter va kompyuter texnalogiyalari kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. PISA Xalqaro baholash dasturini kompyuterda o‘tkazish ana’nasi ham ijobiy ma’noda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2015-yil PISA Xalqaro baholash dasturida qatnashish istagini bildirgan ko‘plab davlatlarda ilk marta kompyuter yordamida test jarayonlari o‘tkazilgan. Faqat kompyuterda o‘tkazishga tayyor bo‘lmagan ayrim davlatlardagina test sinovlari qog‘oz ko‘rinishida o‘tkazilgan. Mamlakatlarda PISA tadqiqotlarida ishtirok etish uchun maktablar qanday tanlab olinadi?
PISA tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish uchun qat’iy texnik standartlarni qo‘llaydi. Maktablarni tanlab olish jarayoni sifati ta’minlanadi erishilgan namunalar va tegishli javob stavkalari belgilangan normalarga rioya qilganligini tasdiqlaydigan qaror qabul qilish jarayoniga bog‘liq. Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir.
Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etishi. 2022-yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etdi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishdilar.
2022-yil 24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish– inson kapitalini rivojlantirish omili” mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi. Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993- yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013-yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989-yildan 2018-yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha – IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994-yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan.
–Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988- yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri– 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman.
Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019-yil fevral).
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ygan.
Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qo‘yilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh qiladigan yo‘nalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin bo‘ldik.
Bizning nazarimizda, birgalikda o‘tkazayotgan seminarlarimiz O‘zbekistonning raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so‘ng o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O‘zbekiston ta’lim inspeksiyasi va vazirlik tomonidan O‘zbekistonlik va Rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o‘rganish, tadqiqotga qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.
Ishonchim komilki, O‘zbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori baholay olaman- deya ta’kidlagan edi Rossiya davlati hamkorlarimiz.
PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga bog‘liq, deb aytishmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to‘g‘ri yo‘ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.
PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023-yil oxirida e’lon qilinadi. (natijalar quyida tahlil qilinadi) Menimcha, bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi. Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000-yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda vaPISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan. Siz ishtirok etadigan yo‘nalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin ularni to‘g‘ri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet mamlakatlarida bo‘layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.
Xuddi shu maqsadda vebinar davomida Belarus va Qozog‘iston Respublikasining natijalarini ko‘rsatib o‘tdik. Bu sizga ilgari umumiy ta’lim tizimiga ega bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini ko‘rish imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani haqida tushunchaga ega bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda natijalar qanday bo‘lishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib bo‘lmasa kerak. Ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina (ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o‘rtacha xalqaro natijalari ancha past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib o‘tdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yo‘nalishga ega edi. Bu juda muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.
Shuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g‘oya va islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish bo‘yicha mamlakatni tayyorlash kerak.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marta ishtirok etgan PISA natijalari e’lon qilindi.
2022-yilda O‘zbekiston maktablari 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA imtihonlarida ilk marta ishtirok etgan edi. Sinov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bolalar 81 ta mamlakat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida 80-o‘rinni egalladi. . Testda 81 mamlakatdan 15 yoshli 690 ming o‘quvchi qatnashgan. Ular o‘z mamlakatlaridagi 26 million o‘quvchining o‘rtacha bilimini aks ettiradi.
PISA testlari xalqaro tan olingan o‘lchovdan foydalanib, o‘qitish tizimlari, maktablar, o‘qituvchilar va o‘quvchilardan ma’lumotlarni to‘plab, o‘quvchilar bilimini baholaydi.
Bu test sinovlari 2000-yildan boshlangan. 2022-yildagisi hisob bo‘yicha sakkizinchisi bo‘ldi. Testlar o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar va o‘qish bo‘yicha mahorat hamda bilimini sinovdan o‘tkazadi. O‘quvchilar 2 bosqichda saralab olinadi. 1-bosqichida qishloq va shahar hududlaridan aralash 150 maktab tanlab olinadi. Keyin har bir maktabdan 42 o‘quvchi ixtiyoriy tanlanadi. Test natijalari 3 guruhga ajratiladi: o‘rtachadan yuqori, o‘rtacha va past.
Eng yuqori natija Singapurda
Natijalarga ko‘ra, matematika yo‘nalishida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 81 davlat orasidan 364 ball bilan 72-o‘rinni egallagan. Matematika savodxonligi bo‘yicha eng yuqori ball qayd etganlar:
Singapur – 575 ball ( 2018-yildagidan 6 ball o‘sish)
Makao (Xitoy) –552 ball (6 ball kamayish)
Xitoy Taypei – 547 ball (16 ball o‘sish)
Honkong – 540 ball (11 ball kamayish)
Yaponiya – 536 ball (9 ball o‘sish)
Xuddi shu yo‘nalishda eng past ball qayd etganlar:
Gvatemala – 344 ball (10 ball o‘sish)
Salvador – 343 ball (qatnashmagan)
Dominikan respublikasi – 339 ball (14 ball o‘sish)
Paragvay – 338 ball (11 ball o‘sish)
Kambodja – 336 ball (12 ball o‘sish).
2-yo‘nalish o‘qish savodxonligi bo‘yicha o‘zbekistonlik o‘quvchilar 336 ball bilan 80-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonga o‘xshash eng past natijalarni Kosova, Iordaniya, Marokash va Kambodja o‘quvchilari ko‘rsatgan.
O‘qish savodxonligi bo‘yicha ham eng yuqori natijani 543 ball bilan Singapur ko‘rsatgan. Undan keyin Iordaniya, Yaponiya, Koreya va Xitoy Taypei o‘rin olgan.
3-yo‘nalish tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha O‘zbekiston 355 ball bilan 80-o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda Singapur 561 ball bilan birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, undan keyin Yaponiya, Makao (Xitoy), Xitoy Taypei va Koreya TOP 5 talikka kirgan. Eng yomon natija ko‘rsatgan 5 ta mamlakat qatoriga esa 360 ball bilan Dominikan Respublikasi undan keyin Kosova, Filippin, O‘zbekiston va oxirgi o‘rinda Kambodja turibdi.
Umumiy ballarda pastlash kuzatilgan
Umuman olganda PISA testlarining 2022-yilgi natijalari 3 yo‘nalishda ham o‘quvchilarning o‘rtacha bilimi orqaga ketganini ko‘rsatadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo mamlakatlarning 25 foiz o‘quvchisi matematika, o‘qish va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha past natija ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich IHTTga a’zo bo‘lmagan davlatlarda bundan ham yomonroq. Shunday 18 mamlakat o‘quvchilarining 60 foizi 3 ta fan bo‘yicha ham o‘ta past ball olishgan.
Umumiy natijalarga ko‘ra, 2022-yil uchun o‘rtacha ballar –matematika bo‘yicha 472, o‘qishda 476 va tabiiy fanlarda 485 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar natijalari
Matematika, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi bo‘yicha bilimlar 6 ta darajaga bo‘lib o‘lchangan. Uchala yo‘nalishda ham birorta o‘zbekistonlik o‘quvchi 5- yoki 6-darajadagi natijani qayd eta olmagan:
Matematik savodxonlik bo‘yicha:
14,4 foiz o‘quvchi – 2-daraja
4,2 foiz o‘quvchi – 3-daraja
0,7 foiz o‘quvchi – 4-daraja
O‘qish savodxonligi bo‘yicha:
12,2 foiz o‘quvchi – 2-daraja
1,8 foiz o‘quvchi – 3-daraja
0,1 foiz o‘quvchi – 4-daraja
Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha:
16,5 foiz o‘quvchi – 2-daraja
2,2 foiz o‘quvchi – 3-daraja
0,1 foiz o‘quvchi – 4-daraja
Maktablarning katta qismi markazlashgan
Natijalar e’lon qilingach, O‘zbekiston natijalari haqida jamoat faollari o‘z munosabatlarini bildirdi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov PISA xulosalariga tayanib, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha yuqori savodxonlikka ega bo‘lishi mamlakatning qanchalik boyligiga ham bog‘liqligini .
“Mamlakat qancha boyroq bo‘lsa – 15 yoshli o‘quvchilarning matematik qobiliyati, o‘qish qobiliyati va ilm-fanni bilish qobiliyati balandroq bo‘ladi”, – deb yozgan u.
Shuningdek, Hoshimov o‘quvchilar natijalariga e’tibor qaratar ekan, minimal (2-darajali) o‘qib matnni tushunadigan o‘quvchilar foizi xavotirli ekanini yozgan.
“Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, atigi 14 foiz 15-yoshli o‘quvchilar, “o‘rtacha uzunlikdagi matndagi asosiy g‘oyani aniqlay oladi, ravshan aniqlangan, lekin ba’zan murakkab kriteriylar asosida ma’lumot topa oladilar va agar ravshan qilib ko‘rsatilsa, matnning maqsadi va shakli haqida fikr yurita oladilar”. Bu degani, 86% o‘quvchilarimiz buni uddalay olmaydi”, – deb yozgan u.
Iqtisodchi o‘quvchilarning bunday yomon natija ko‘rsatishiga O‘zbekistondagi 90 foiz maktablarda ta’lim markazlashganini ham sabab qilib .
Jamoat faoli Isroil Tillaboyev esa ilk bor qatnashgan barcha davlatlarda bunday natija kuzatilishini aytib, bundan fojia yasamaslikni yozgan.
“Aniq reja asosida darslarni tashkil etib, keyingi imtihonda yuqoriga chiqishga harakat qilish kerak”, – degan u.
Mazkur tadqiqotlar nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda professional va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida tashkil etilishini inobatga olgan holda, tadqiqotlarda maktablarning ishtirokini ta’minlash ishlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi 278-sonli buyrug‘i asosida Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Xalqaro tadqiqot dasturlari haqida pedagoglarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, fanlar bo‘yicha savodxonligi, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida 348 ta tayanch maktablar, 14 ta hududga mas’ul koordinatorlar belgilangan. Pedagoglarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 260 nafar milliy va 1750 nafar hududiy trenerlar tayyorlangan. Shuningdek, o‘qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va kreativ fikrlash yo‘nalishlari bo‘yicha 35 nomdagi o‘quv-uslubiy hamda 250 nomdagi videomateriallar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlarni o‘tkazilish jarayonlari haqida so‘z yuritilar ekan, ta’kidlash joizki, PISA tadqiqotida mamlakatning barcha hududlaridan reprezentativlik tamoyili asosida tasodifiy ravishda tanlab olingan 202 ta ta’lim muassasalari, jumladan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktablarida taxsil olayotgan 7363 nafar 15 yoshli o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur metodika asosida tanlab olingan respondentlar qariyb 6 millionlik o‘quvchilarning vakili sifatida qatnashganlik haqida ilmiy xulosalarga kelishga yordam beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotning dunyo mamlakatlari bilan solishtirma xususiyatlarini saqlab qolish talablari o‘ziga xos va qat’iy standartlarni joriy etishni taqozo etadi. O‘zbekiston tomonidan belgilangan PISA uchun mas’ul jamoa tomonidan tadqiqot materiallari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, Belgiyadagi yirik xalqaro CAPSTAN lingvistika markazi tomonidan xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazilgan.
Avstraliya ta’lim tadqiqotlari tashkilotidan Ursula Shvantner xonim mas’ul maslahatchi sifatida jalb etildi. AQSH, Avstriya, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Serbiya, Tayland davlatlarida, shuningdek onlayn shaklda tashkil etilgan 27 ta xalqaro seminar va treninglarda 30 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi.
Maktab koordinatorlari, 54 nafar Milliy sifat nazoratchilari, 60 nafar test administratorlari, 60 nafar baholovchilar tayyorlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning PISA tadqiqotida birinchi marta ishtirok etayotganligini inobatga olgan holda, 2022- yil 11-12 aprel kunlari tadqiqotning ramziy ochilishiga bag‘ishlangan “Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etilgani tadqiqotning ahamiyatini yanada oshirgan.
Xalqaro tadqiqotlar har 3-5 yillik davriylikda dunyo mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 2019-yil noyabr oyida Inson kapitali indeksini aniqlashga doir tadqiqot, 2021-yilda Ta’limdagi uzilishlarni baholashga oid REDS hamda PIRLS tadqiqotlari, 2022-yilda PISA, 2023- yilda esa TIMSS tadqiqoti tashkil etildi. Ushbu izlanishlarda o‘quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy va o‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan test topshiriqlari, shuningdek, ta’lim olishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jarayonlar Vestat, Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiatsiyasi tashkilotlarining vakillari tomonidan kuzatib borildi. Uzoq muddatli sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekistonning ta’limga oid natijalari tarixda ilk marotaba xalqaro solishtirma tadqiqotlarning hisobotlarida namoyon bo‘ldi. REDS va “Ta’limdagi yo‘qotishlarni baholash” tadqiqotlari muyyan vaqt davomidagi uzilishlarning ta’lim tizimiga ta’sirini tahlil qilish imkonini bergan bo‘lsa, PIRLS xalqaro tadqiqotining natijalari boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatlari haqida chaqiriqlarni keltirib chiqardi.Natijalarga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston, Jahon bankining Inson kapitali indeksida 0.62 indeks ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu esa, keyinchalik davriy ravishda inson kapitali rivojlanishidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, xalqaro solishtirma tahlillar qilish imkonini beradi.
“Jahon banki O‘zbekistondagi ta’lim sohasidagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun. Bank ko‘magida mamlakat so‘nggi yillarda birinchi marta xalqaro baholash (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)da qatnashib kelmoqda”, - dedi Jahon bankining Markaziy Osiyodagi Inson taraqqiyoti dasturi rahbari Tazin Fasih xonim. “Bank maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi bilan doimiy hamkorlikka sodiq qoladi. Biz hukumatga PIRLS va PISA natijalariga asoslangan harakatlar rejalarini ishlab chiqishda va ushbu xalqaro baholashlarnining keyingi bosqichida ishtirok etishni davom ettirishida yordam berishga tayyormiz. Ushbu baholashlar bizga ta’lim siyosati samaradorligini baholash hamda o‘quv jarayonlari va o‘quvchilarning yutuqlarini yaxshilashga qaratilgan ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.” Ushbu tadbirlar O‘zbekistonda ta’limdagi islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish va mamlakatning dunyo miqyosda nufuzini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning PISA 2022-yildagi tadqiqotida ishtirok etishga oid natijasi 2023-yil 5-dekabr kuni xalqaro darajada e’lon qilinadi. Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vakili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida 5 oy davomida treningda qatnashib, Milliy hisobotni yozishda ishtirok etdi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘rtasida erishilgan kelishuv hujjati esa mazkur nufuzli dasturning 2025- yildagi tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi.
Bu esa, kelgusi 3 yilda O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilgan islohotlarning natijalarini, tahlillardagi o‘zgarishlarda kuzatish, ularning samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.Mazkur konferensiyada e’lon qilinayotgan O‘zbekistonning ilk ishtirokida o‘tkazilgan PISA 2022 natijalari ta’lim siyosatiga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishi bilan muhimdir.
Xususan, 2000-yilda “PISA”ning birinchi natijalari germaniyalik oʻquvchilarning boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan bilim darajasi pastligini koʻrsatgan. Yaʼni ushbu mamlakat 2000-yilda 32 ta davlat oʻrtasida 25-oʻrinni egallagan va bu holat “PISA-shok” deb nomlangan. Shundan soʻng, Germaniya taʼlim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilgan va taʼlim sifatida oʻsish kuzatilgan. Germaniyalik oʻquvchilar 2006-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarda 57 ta davlat oʻrtasida 14-oʻrinni, 2015-yilda 71 ta davlat oʻrtasida 13-oʻrinni hamda 2018-yilda 79 ta davlat oʻrtasida 17-oʻrinni egalladi.
Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik koʻrishda bir paytlar “PISA-shok”ni boshidan oʻtkazgan va taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha oʻz vaqtida amalga oshirilgan islohotlar sabab, bugungi kunda ushbu tadqiqotlarda yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan davlatlar tajribasini oʻrganish va tahlil qilish muhim ham ahamiyat kasb etadi. Germaniyada oʻqituvchilarning malaka oshirish tizimi qanday yoʻlga qoʻyilgani va uning samaradorligi, sinflarda oʻquvchilar soni, oʻquvchilarni maktabdagi vazifalarni bajarishda ota-onalarning ro‘li, oʻquv adabiyotlarining xilma-xilligi bilan qiziqdilar. Yurtimizda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik toʻsqinlik qilayotgan muammolar sifati malaka oshirish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilmagani, oʻquv adabiyotlari soni kamligi, ayrim fanlar boʻyicha faqat darslik bilan cheklanib qolinayotganligi, elektron darsliklar kamligi, maktablarda oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va reaktivlari yetishmasligi, masofaviy taʼlim boʻyicha milliy elektron platformalar yoʻqligi kabi mavjud muammolarni sanab oʻtishdi. Mazkur muammolarni bartaraf etish orqali Oʻzbekistonda ham “PISA-shok” yuzaga kelishining oldini olish mumkinligi o‘qituvchi pedagoglar tomonidan taʼkidlandi.
Ayni paytda Toshkent shahridagi 110-maktabda test administratorlari, maktab koordinatorlari va AKT mutaxassislari uchun “PISA 2025 tadqiqoti tajriba-sinov jarayonlarida test administratorlarining vazifalari” mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.
🔹 "PISA tadqiqotlarning natijalariga koʻra, oʻquvchilarimiz olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olmasligi namoyon boʻlmoqda.
Oʻquvchilarni PISA yoki boshqa testlarga maqsadli tayyorlash emas, balki ushbu tadqiqotlar yordamida baholanadigan kompetensiyalar va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda baholanishiga tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, oʻquvchilarda funksional savodxonligikni oshirish, kreativ fikrlash va 4K koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida oʻqituvchilar uchun qishki va bahorgi taʼtil davrida respublikamizning barcha hududlarida “Metodik marafon” tashkil etildi.
Mazkur marafonlarda 20 mingga yaqin oʻqituvchilarning kasbiy mahorati oshirildi va bu jarayonlar yana davom etmoqda”. – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi
299-sonli buyrug‘ining
3-band 2-xatboshida:
Monitoring jarayonini tashkil etish, nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda ilg‘or xalqaro tajribalar(PISA, TIMSS va h.k.)ni o‘rgangan holda milliy monitoring tizimini takomillashtirish va uning natijalari asosida o‘quv-metodik jarayonni yanada rivojlantirish choralarini ko‘rish
4-bandida:
Monitoring jarayoni uchun nazorat (testlar, yozma ishlar, so‘rovnoma, og‘zaki savollar, audio(video) materiallarini tayyorlashda ularning umumiy hajmiga nisbatan 20 % gacha o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlariga mos keladigan, o‘quv dasturi va darsliklardan tashqari, xalqaro tajribalarda (PISA, TIMSS va h.k.) qo‘llanilgan materiallardan foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelgusi vazifalar
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.