REJA
TIMSS tadqiqotlari haqida umumiy ma’lumot
Matematik savodxonlik
TIMSS xalqaro tadqiqoti qamrov doiralari.
TIMSS xalqaro baholash dasturida matematikaga oid mazmun sohalari
Tayanch tushunchalar: TIMSS, matematik savodxonlik, kognitiv o‘lchov, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, milliy dastur, ta`lim sifatini baholash
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta`lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta`lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo`lib, ushbu tadqiqot 4 - va 8- sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi.
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015-yil TIMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o`quvchilar tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999-yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan. Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.
Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlari
Xalqaro baholash dasturlarini mamlakat ta’lim tizimiga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish vazifasi davlat inspeksiyasi huzurida yangi tashkil etilgan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan. Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilangan:
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish, xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash singari vazifalarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta`minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.
Mazkur xalqaro baholash dasturlari va ular doirasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriylik asosida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan OECD hamda IEA tashkilotlari oʻrtasida imzolangan kelishuv hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash PISA-2022 (avvalgi PISA-2021) hamda Oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi PIRLS-2021 da ishtirok etishga kirishilgan.
Endilikda, TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi.
IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi haqida maʼlum qildi.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.
TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.
PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin.
Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin. Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hakozolar) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.
Tabiiy fanlar yoʻnalishining kognitiv sohalari (bilish, qoʻllash, mulohaza yuritish) va ularga oid savol namunalari va baholash mezonlari tahlili
Tabiiy fanlar yoʻnalishining kontent (mazmun) sohalari (hayot haqidagi
fan, fizika fani, Yer haqidagi fan) mavzu sohalari, baholash maqsadlari. Mazmun sohalariga oid savol namunalari va baholash mezonlari tahlili.
Matematikaning kognitiv sohalari. Mulohaza yuritish kognitiv sohasi.
TIMSS topshiriqlari
Kognitiv jihat. Ta’limning kognitiv tomoni. Matn tahliliga kognitiv yondashuv
Psixologiyada ko‘pincha shunday tushuncha mavjud “Kognitivizm”.
Bu nima? Bu atama nimani anglatadi? Terminning tushuntirilishi
Kognitivizm - bu psixologiyada yo‘nalish, unga ko‘ra, shaxslar tashqi hodisalarga yoki ichki omillarga nafaqat mexanik ta’sir ko‘rsatadi, balki buning uchun aql kuchidan foydalanadilar.
Uning nazariy yondashuvi - bu fikrlash qanday tartibga solinganligini, kiruvchi ma’lumot qanday hal qilinishini va qaror qabul qilish yoki kundalik vazifalarni bajarish uchun qanday tashkil etilganligini tushunishdir.
Tadqiqotlar insonning kognitiv faolligi bilan bog‘liq va kognitivizm bunga asoslanadi xatti -harakatlarga emas, balki aqliy faoliyat.
Kognitiv- shaxsning tashqi ma’lumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama.
Kognitiv tushuncha. Kognitivizmda asosiy tushuncha - bu bilish jarayonining o‘zi yoki idrok, fikrlash, e’tibor, xotira, nutq, xabardorlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan aqliy jarayonlar majmui. Ya’ni, bilan bog‘liq bo‘lgan bunday jarayonlar miya tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlash va uni keyinchalik qayta ishlash.
Kognitiv nimani anglatadi? Biror narsa deb ta’riflanganda “Kognitiv”- ular nimani anglatadi? Qaysi biri? – Kognitiv vositalar u yoki bu tarzda bilish, fikrlash bilan bog‘liq, miyaning ongi va funksiyalari, kirish bilimlari va ma’lumotlarini olishni, tushunchalarni shakllantirishni va ularning ishlashini ta’minlaydi.
Yaxshi tushunish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kognitivizm bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta ta’riflarni ko‘rib chiqing.
Masalan, bir nechta ta’riflar “Kognitiv” so‘zi nimani anglatadi? Ostida kognitiv uslub har xil odamlarning fikrlash va tushunish jarayonidan qanday o‘tishi, ma’lumotni qanday qabul qilishi, qayta ishlashi va eslab qolishi, shuningdek, inson tanlagan muammolar yoki muammolarni hal qilishning nisbatan barqaror individual xususiyatlarini tushunish. Nima bu kognitiv xatti -harakatlar? Insonning kognitiv xulq -atvori - bu ma’lum bir shaxsga xos bo‘lgan fikrlar va g‘oyalar.
Bu ma’lumotni qayta ishlash va buyurtma qilishdan keyin ma’lum bir vaziyatda paydo bo‘ladigan xulq -atvor reaksiyalari. Kognitiv komponent o‘ziga bo‘lgan har xil munosabat majmuidir. U quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
o‘z-o‘zini tasvirlash;
o‘z-o‘zini hurmat qilish, ya’ni boshqacha hissiy rangga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu fikrni baholash;
potentsial xulq-atvor reaksiyasi, ya’ni o‘zini tasviri va o‘zini o‘zi qadrlashga asoslangan mumkin bo’lgan xatti-harakatlar.
Ongo Ostida kognitiv model bilimlar tuzilishini, tushunchalar, ko‘rsatkichlar, omillar, kuzatuvlar o‘rtasidagi munosabatni tavsiflovchi, shuningdek ma’lumotni qabul qilish, saqlash va ishlatilishini aks ettiruvchi nazariy modelni tushunish.
Boshqacha qilib aytganda, bu tadqiqotchi uchun o‘z tadqiqotlari uchun asosiy fikrlarni takrorlaydigan psixologik jarayonning mavhumligi.
Kognitiv idrok- bu sodir bo‘lgan voqea va uni sizning tasavvuringiz o‘rtasida vositachi. Bu his psixologik stress bilan kurashishning eng samarali usullaridan biri deb ataladi. Ya’ni, bu sizning voqeaga bergan bahoyingiz, miyaning unga bo‘lgan munosabati va mazmunli xulq -atvor javobining shakllanishi.
Insonning tashqi muhitdan nima bo‘layotganini o‘zlashtirish va tushunish qobiliyati cheklangan hodisa deyiladi. Kognitiv mahrumlik... Bu ma’lumotlarning etishmasligi, uning o‘zgaruvchanligi yoki tasodifiyligi, tartibsizlik.
Shu sababli, atrofdagi dunyoda xatti -harakatlarning samarali reaktsiyalari uchun to‘siqlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, kasbiy faoliyatda kognitiv mahrumlik xatolarga olib kelishi va samarali qaror qabul qilishga xalaqit berishi mumkin. Va kundalik hayotda, bu atrofdagi shaxslar yoki voqealar haqidagi noto‘g‘ri xulosalar natijasi bo‘lishi mumkin. Hamdardlik bu odamga hamdardlik bildirish, boshqa odamning his-tuyg‘ularini, fikrlarini, maqsadlari va intilishlarini tushunish qobiliyatidir.
Ong ostida kognitiv apparat bilimlarning ichki manbalarini tushunish, ular tufayli shakllanadi intellektual tuzilmalar, fikrlash tuzilishi. Kognitiv moslashuvchanlik - bu miyaning bir fikrdan ikkinchisiga silliq o‘tish qobiliyati, shuningdek, bir vaqtning o‘zida bir nechta narsalar haqida o‘ylash. Shuningdek, u xatti-harakatlarga yangi yoki kutilmagan vaziyatlarga javob berish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Kognitiv moslashuvchanlik murakkab muammolarni o‘rganish va hal qilishda katta ahamiyatga ega. Vaziyatning yangi talablariga muvofiq atrof -muhitdan ma’lumot olish, uning o‘zgaruvchanligini va to‘g‘ri xulq -atvorini kuzatish imkonini beradi.
Kognitiv komponent odatda “men” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu shaxsning o‘zi haqidagi g‘oyasi va uning fikricha, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Bu e’tiqodlar har xil ahamiyatga ega bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kognitiv komponent ob’ektiv bilimga ham, har qanday sub’ektiv fikrga ham asoslanishi mumkin.
Ong ostida kognitiv xususiyatlar shaxsning qobiliyatini, shuningdek, kognitiv jarayonlarning faolligini tavsiflovchi xususiyatlarni tushunish. Kognitiv omillar ruhiy salomatligimizda muhim rol o‘ynaydi. Bularga o‘z holati va atrof-muhit omillarini tahlil qilish, o‘tgan tajribani baholash va kelajak uchun bashorat qilish, mavjud ehtiyojlar nisbati va ularni qondirish darajasini aniqlash, hozirgi holat va vaziyatni nazorat qilish qobiliyati kiradi.
Kognitiv antropologiya (: cognitive anthropology)– madaniy antropologiya va kognitiv fan chorrahasida joylashgan fan boʻlib, turli madaniy tizimlarning tuzilmalari va tashkilotlarini oʻrganadi va va rasmiy usullaridan foydalangan holda sohalarini tavsiflaydi. Kognitiv antropologiyaning kelib chiqishi odatda “dunyo qiyofasi”ni oʻrganish bilan bogʻliq.
Kognitiv antropologiyaning oʻrganish ob’ekti oʻz-oʻzidan madaniyat elementlari emas, balki madaniyat elementlarini tashkil qilish tizimidir. Har bir xalqning idroki, tafakkuri, xulq-atvori, hissiyotlari turlicha boʻlishi muhim.
Kognitiv antropologiyaning maqsadi– boshqa jamiyatlardagi odamlar dunyosini ular idrok etishi va boshdan kechirishi kabi oʻziga xos nuqtai nazardan tasvirlash, shuningdek, dunyoni idrok etishni belgilaydigan, xatti-harakatlarni tartibga soluvchi va ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi yashirin kognitiv tuzilmalarni aniqlashdir, bu madaniyatlarda. Kognitiv antropolog, masalan, boshqa odamlarning kasallik va jarohatlar bilan bogʻliq xatti-harakatlari va amaliyotlarini tavsiflashda zamonaviy Gʻarb tibbiyotining tushunchalari va terminologiyasidan foydalanmaydi, chunki bu mahalliy tibbiy tushunchalarning rasmini buzadi. Madaniyat, xuddi dunyo rasmini oʻrganishda boʻlgani kabi, xuddi uning aʼzosi nuqtai nazaridan, ichkaridan tasvirlanadi.
Aksariyat kognitivist etnologlar madaniyatni maʼnolar tizimi, ideal modellar, xatti-harakatlar stsenariylari sifatida taʼriflaydilar. Madaniyat bilimlar, eʼtiqodlar va qadriyatlar tizimini oʻz ichiga olgan ideallashtirilgan kognitiv tizim sifatida ishlaydi va u jamiyatning alohida aʼzolari ongida mavjud. Jamiyat aʼzolari madaniyatdan oʻz jamiyatidagi mavjud ijtimoiy xatti-harakatlarni boshqarish, oʻzaro taʼsir qilish, muhokama qilish, aniqlash, tasniflash va sharhlash uchun foydalanadilar. Shunday qilib, madaniyat tegishli ijtimoiy xulq-atvorni rivojlantirish va boshqalarning xatti-harakatlarini sharhlash vositasidir.
Kognitiv antropologiya -yillarning oʻrtalarida madaniy antropologiyaning eng muhim tushunchasi boʻlgan madaniyat taʼrifining oʻzgarishi natijasida paydo boʻldi. Ilgari madaniyat psixik dunyoda xatti-harakatlar va hodisalarni oʻz ichiga olgan holda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha vaqtga kelib uning torroq taʼrifi haqiqiy xatti-harakat va kuzatilishi mumkin boʻlgan hodisalarni boshqaradigan ichki bilimlar tizimi sifatida paydo boʻldi.
Kognitiv antropologiyaning 1950-yillar oʻrtalarida AQSHda vujudga kelgan asl shakli etnossensiya (ingliz etnoscience)– turli xalqlar tomonidan hayvonlar, oʻsimliklar, kasalliklar, oziq-ovqat va hokazolarni tasniflashda qoʻllanilgan taksonomik tizimlarni oʻrganuvchi fan boʻldi. 60-yillarda XX asrdan boshlab, din kabi umumlashtirilgan eʼtiqod tizimlarini oʻrganish muayyan madaniyatlarda narsalar, odamlar va harakatlarning “kundalik”tasniflariga (yoki taksonomiyalariga) oʻtdi. Antropologiya odamlarni bilish, fikrlash, mulohaza yuritish va qaror qabul qilish usullarini batafsil tahlil qilishni boshladi, ularning ijtimoiy harakatlari bilan bevosita bogʻliq. Bu jarayon ijtimoiy fanlarning umumiy yutuqlari, ijtimoiy tashkilotdagi markaziy savolga: odamlar “nimani biladi va oʻylaydi” ga qiziqishning ortishi bilan birga bordi.
Tabiatni tasniflash orqali etnofanlar ham kognitiv antropologiya, ham tilshunoslik rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Antropologiya tabiiy fanlarning empirik topilmalari yoki gumanitar fanlarga xos boʻlgan boshqarilmagan talqin asosida modellashtirilgan usullardan koʻra, koʻpincha rasmiy usullardan foydalanishi mumkinligi haqidagi taklif muhim qadam edi. Natijada, qoida tariqasida, madaniyatning kichik sohalariga nisbatan rasmiy yoki kvaziformal qoidalar va tizimli alternativlar mavjud.
Etnofanning vazifalaridan biri oddiy tilda “kontseptual kategoriyalar”– maʼlum bir predmet sohasiga tegishli maʼnolar tizimini, ular oʻrtasidagi ierarxik va boshqa munosabatlarni, shuningdek, hayotni tartibga soluvchi qoidalar tizimi– meʼyoriy retseptlarni aniqlash edi (V. Goodenough, E. Wallace, M. Duglas va boshqalar). Til va matnlar asosiy oʻrganish predmetiga aylandi, rasmiy tilshunoslik usullari keng qoʻllanila boshlandi. 80-yillarda kognitiv fanning rivojlanishi bilan til tuzilmalaridan tashqari, madaniyatning turli xil ramziy tizimlari va ulardan foydalanish bilan bogʻliq inson xatti-harakatlari kognitiv antropologiyaning qiziqish sohasi bilan bogʻliq edi. Yangi tadqiqotning maqsadlari dunyoning tasviri, ssenariylar, metaforalar, prototiplar, semantik boʻshliqlar, sxemalar va ularning hissiyotlar, motivatsiya, faoliyat, miya mexanizmlari bilan bogʻliqligi kabi kognitiv tuzilmalarni aniqlash bilan jihozlangan. Shuningdek, individual farqlar (masalan, maʼlum bir madaniyat ichida kim biladi), ziddiyatli madaniy modellar oʻrtasidagi ziddiyatlar, oʻrganish usullari, yangi bilimlarni olish va boshqalar oʻrganiladi. Kognitiv antropologiya metodologiyasiga psixologiya fanining usullari va kognitiv fanning boshqa sohalari, masalan, miya xaritasi, neyron tarmoqlari, nutq tahlili va boshqalar qoʻshildi.
Matematikaning kognitiv sohalari–to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar TIMSS tadqiqoti doirasidagi test topshiriqlariga to‘g‘ri javob berish uchun o‘quvchilar matematika mazmuni baholanishidan xabardor bo‘lishlari lozim, ammo shu bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarini ham ko‘rsata olishlari kerak. Ushbu ko‘nikmalarni ifodalash TIMSS 2019 singari tadqiqotlarni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular tadqiqot doirasida berilgan mavzular bo‘yicha bilim ko‘nikmalarining tegishli qismini qamrab olishini ta’minlashda juda muhimdir. Birinchi yo‘nalish, bilish, o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan faktlar, tushunchalar va protseduralarni qamrab oladi, ikkinchisi, qo‘llash bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olishi va ilmiy tushunchalarni bilishi, savollarga javob berish uchun qo‘llash qobiliyatiga qaratilgan. Uchinchi yo‘nalish, mulohaza yuritish, odatiy muammolarni hal qilishdan tashqari, notanish vaziyatlarni, murakkab kontekstlarni va ko‘p bosqichli muammolarni qamrab oladi. O‘quvchilar o‘zlarining bilim doirasidan tashqarida, matematik kompetensiyalarini namoyish etganda bilish, qo‘llash va mulohaza yuritish kompetensiyalarini turli darajalarda ko‘rsatadilar. Ushbu TIMSS tadqiqoti kognitiv sohalari muammolarini hal qilish, vaziyatni matematik baholash (masalan, belgilar va grafikalardan foydalanish), muammoli vaziyatning matematik modellarini yaratish va masalalarni yechishda chizg‘ich yoki kalkulyator kabi vositalardan foydalanish kompetensiyalarini ifodalaydi. Uchta kognitiv soha ikkala sinf uchun ham qo‘llaniladi, har bir savol uchta kognitiv sohaning biriga mos keladi. O‘quvchilarning yoshi va tajribasidagi farqni inobatga olib, belgilanadigan vaqt balansi to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda farq qiladi. Ikkala sinf uchun ham har bir mazmun sohasi uchta kognitiv sohasining har biriga murojaat qilish uchun ishlab chiqilgan ba’zi savollarni o‘z ichiga oladi.
Bilish kognitiv sohasi. Matematikani qo‘llash yoki matematik vaziyatlar haqida mulohaza yuritish, matematik tushunchalar va matematik ko‘nikmalarning to‘liq ifodalanishiga bog‘liq. O‘quvchi egallagan zarur bilimlar va tushunchalar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, muammolarni hal qilish bilan bog‘liq turli xil vaziyatlarning yechimini topish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi. O‘quvchilar til va asosiy faktlarini osongina eslab qolishga imkon beradigan bilimlar bazasi va sonlar hamda son konvensiyalari, ramziy tasvir va fazoviy munosabatlar borasida tushunchaga ega bo‘lmasdan, matematika sohasida maqsadli fikrlashini imkonsiz deb o‘ylaydilar. Faktlar matematikaning asosiy tilini ta’minlovchi bilimlarni, shuningdek, matematik fikrlash asosini tashkil qiluvchi muhim matematik tushunchalar va xossalarni o‘z ichiga oladi. Protseduralar muammolarni hal qilish uchun matematikaning zarur bo‘lgan asosini, ayniqsa ko‘p odamlar kundalik hayotlarida duch keladigan muammolarni tashkil etadi,. Aslida, protseduralardan to‘g‘ri foydalanish, harakatlar majmuasini va ularni qanday amalga oshirishni eslashni talab qiladi. O‘quvchilar nisbatan tanish va odatiy vazifalarda turli xil hisoblash protseduralari va vositalaridan samarali va aniq foydalanishlari lozim.
Qo‘llash kognitiv sohasi. Matematikada qo‘llash sohasi turli xil bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sohada faktlar, tushunchalar va protseduralar, shuningdek, muammolar, o‘quvchilarga tanish bo‘lishi kerak. Bu sohaga tegishli ba’zi mavzularda o‘quvchilar berilgan ma’lumotlar, ko‘nikmalar va protseduralar haqidagi matematik bilimlardan yoki matematik tushunchalardan foydalanadi. Matematik mulohaza yuritish masalaning mazmunini anglab, yechimini topa olish uchun asos bo‘ladi. Muammoni hal qilish, ko‘proq tanish va odatiy vazifalarga e’tibor qaratish, qo‘llash sohasi uchun muhim hisoblanadi. Muammolar real hayotiy vaziyatlarda o‘rnatilishi yoki aniq matematik muammolarga, masalan, sonli yoki algebraik ifodalar, funksiyalarda ifodalanadi.
Mulohaza yuritish kognitiv sohasi. Matematik mulohaza yurutish mantiqiy, tizimli fikrlashni talab etadi. U yangi yoki notanish vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan intuitiv va induktiv mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Bunday muammolar sof matematik yoki real hayotdagi vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Ikkala bo‘lim ham yangi vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Mulohaza yuritish ko‘nikmalarining o‘zaro ta’siri, odatda, bunday narsalarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Mantiqiy fikrlash sohasida sanab o‘tilgan ko‘plab kognitiv kompetensiyalari yangi yoki murakkab muammolar haqida fikrlash va hal qilishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan va o‘quvchilar fikrlashiga ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan matematik ta’lim olishning samarali natijalarini taqdim etadi. Masalan, mulohaza yuritish, kuzatish va faraz qilishni talab etadi.
Topshiriq.
Darslik ilovasida berilgan TIMSSning 3 ta topshiriqlar kitobini ishlab kelish.
Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.