Mavzular

Bosh sahifa Mavzular Mavzu: Kirish
Converted

KIRISH

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli farmoniga muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.

Xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok qilish barcha mamlakatlarda maktablarni tanlab, parallel ravishda o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda ehtimoliy usul bilan amalga oshiriladi.

Xalqaro baholash tadqiqotlari o‘tkazishning tashkiliy masalalari:

- ishtirok etish shartlari

- tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari,

- tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yo‘riqnomalar

Tadqiqotda qatnashuvchilarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ishtirokchi davlatlarning milliy koordinatorlari Xalqaro muvofiqlashtirish markaziga mamlakatdagi barcha maktablarning (shahar, qishloq, qishloq) ro‘yxatlarini yuboradilar. Keyin “tasodifiy sonlar usuli” yordamida maxsus dastur yordamida har bir mamlakatdan 150 ga yaqin maktab tanlanadi.

O‘quvchilarning xalqaro baholash tadqiqotlarida munosib ishtirok etishlari uchun, avvalo, ularning ustozlari bu borada yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Boshlang‘ich ta’lim sifatini takomillashtirishda ham pedagoglarning ushbu jihatlarini rivojlantirish kerak. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh pedagoglarga xalqaro baholash tizimlari to‘g‘risida majburiy fan kiritilishi, bu fanga oid darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqilishi kutilgan natijaga erishish uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari axborotresurs markazlarini turli metodik qo‘llanmalar bilan boyitish hamda ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim tizimini sifatli tashkil etish kelgusi o‘quv faoliyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim sifatini baholash va takomillashtirishda xalqaro tadqiqot dasturlarining o‘rni beqiyosdir. Chunki bu tadqiqotlarda ishtirok etish orqali yutuq va kamchiliklarimiz, ta’lim sohasida dunyo bo‘yicha egallagan o‘rnimiz yaqqol ko‘rinadi. Bu esa yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga, yanada qattiqroq mehnat qilishga undaydi. PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, EGMA va EGRA xalqaro baholash dasturlari hamda shu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxasislarning Ismailov A.A., Karimov N.A., Togʻayeva G.O. “TIMSS- 2019”, Radjiyev A.B., Ismailov A.A., Narziyev J.R., Axmedov X.R., Togʻayeva G.O. “Oʻquvchilar savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar dasturi”, Ismailov A.A., Karimov N.A., Haydarov B.Q., Ismailov Sh.N. “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash”, Ismailov A.A., Togʻayeva G.O., Akbarova S., Asqarova D. “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash” darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida berilgan ma’lumotlar, topshiriqlar o‘quvchilarini ilmiy salohiyatini oshirishda juda katta hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda xalqaro baholash tizimi sohasida ko‘plab olimlarimiz, professor o‘qituvchilarimiz ham samarali ilmiy ish olib bormoqdalar. Jumladan, D.M.Maxmudova, I.E.Shernazarov, I.M.Qoraxonova, E.B.Xo‘janov, D.E.Avci, I.A.Eshmamatovlarning “Xalqaro baholash asoslari” nomli darsliklari katta ilmiy salohiyat mevasi hisoblanadi. Ushbu darslikda xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyati, PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS xalqaro tadqiqotlarida o‘qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash yo‘nalishiga oid asosiy tushunchalar, topshiriqlar, ularning tasnifi va kreativ fikrlashni baholash bo‘yicha umumiy, nazariy ma’lumotlar, xalqaro baholashga e’tibor qaratilgan muhim jihatlar, topshiriq namunalari hamda baholash yondashuvlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu darslikdan ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar hamda ta’lim sifatini baholash yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar foydalanishi mumkin.

Yangi resurslar haqida habardor bo‘lish!

Tizimda amalga oshiriladigan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida doimo xabardor bo‘lib borish uchun bizga o‘z email pochtangizni qoldiring. Yangi resurslar haqida xabardor qilamiz.